Ðåçóëüòàòîâ: 1334

O‘zbekiston 1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi

1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim amal qiladi. Bundan tashqari, har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi. Har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi. gazeta.uz »

2025-5-20 07:52

JB O‘zbekistonga taqsimlovchi elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun $100 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga $100 mln imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. U taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishda foydalaniladi. 2024-yilda infratuzilmaning eskirgani va haddan tashqari yuklangani sababli elektr energiyasini taqsimlashda texnik yo‘qotishlar qariyb 13 foizni tashkil etgan. gazeta.uz »

2025-5-16 22:25

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tuzatishlar Tojikiston prezidenti huquq-tartibot idoralarini asossiz jinoiy ishlar uchun tanqid qilib, bu amaliyotga “nuqta qo‘yish”ni talab qilganidan so‘ng qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-5-14 15:50

Onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi: foydalanuvchilar va blogerlar uchun nima o‘zgaradi?

Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan qonun loyihasi O‘zbekistondagi onlayn platformalar va saytlar (OAV emas), blogerlar va inflyuyenserlarga nisbatan talablar belgilaydi. Agar noqonuniy kontentni o‘chirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmasa, sud qarorisiz foydalanuvchilarning kirishi cheklanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-13 07:45

1110 nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda ishtirok etish uchun Rossiya bilan shartnoma qilgan — “Yashashni istayman” loyihasi

Ukrainaning “Yashashni istayman” loyihasi urushda ishtirok etish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismini oshkor qildi. Ulardan kamida 109 nafari halok bo‘lgan, eng kichigi 21 yoshga ham to‘lmagan. O‘zbekiston qonunchiligida bunday yollanishlar taqiqlangan. gazeta.uz »

2025-5-1 18:40

O‘zbekiston shaharlarida yozda cho‘milish uchun bepul suv havzalari yo‘q. Mutasaddilar buni hal qila oladimi?

O‘zbekistonda ommaviy suv havzalari soni kamayyapti, odamlarning tabiiy salqinlash, tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan ehtiyoji esa ortyapti. Daryolar O‘zbekiston shaharlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani, odamlarning suvga bo‘lgan huquqini qanday tiklash mumkinligi haqida ATLAS byurosi ekspertlari mulohaza yuritadi. gazeta.uz »

2025-4-30 17:02

Toshkentda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizligi xizmati Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini sotish va hujjatlarda turini o‘zgartirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarni aniqlandi. Xususan, Toshkentda bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. gazeta.uz »

2025-4-18 08:57

“Agrobank” bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz va jurnalistni sudga berdi

“Agrobank”da korrupsiya alomatlari kuzatilayotgani haqida bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz nashri va jurnalist Nodir Norto‘rayevga chora ko‘rildi. Ular bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatishda aybdor deb topildi. Nashrga raddiya chiqarish majburiyati yuklandi. gazeta.uz »

2025-4-17 07:51

Toshkentdagi “Risoviy” bozori 6 qavatli savdo majmuasi qurilishi uchun kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Davaktiv Toshkentning Mirobod tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozori (“Risoviy” nomi bilan mashhur) filialining bino va inshootlarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Uning o‘rnida ekobozor, do‘konlar, kinoteatrlar, bolalar maydonchalari, fitnes va biznes markazidan iborat 6 qavatli savdo majmuasini qurish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-4-15 15:29