Ðåçóëüòàòîâ: 20

Qirg‘izistondagi zilzila Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida vahimaga sabab bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila vaqti Toshkent yotoqxonalarining birida tashqariga chiqolmayotgan talabalar olomoni videosi tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Irrigatsiya universiteti yotoqxonalaridan birida yuz bergan, vahimadagi talabalarning aksariyati esa turkmanistonlik. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-10-6 19:45

To‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelgan talabalar o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi

Prezident abituriyentlarga o‘qishga kirishda yana bir imkoniyat berilishini ma’lum qildi. Endi abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-8 14:30

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi

Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi. gazeta.uz »

2024-7-23 21:31