Ðåçóëüòàòîâ: 79

O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga yollashda soliqlar 1 foizgacha kamaytiriladi

OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga to‘lanadigan daromad va ijtimoiy soliqlar stavkasi bir yil muddatga 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi hamda “Kafolatlangan birinchi qadam” to‘plamini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-30 14:58

“Tadbirkor davlat organining xatosi uchun javobgar emas”. Oliy sud ishonchni huquqiy himoya qilish tamoyili haqida

“Ishonchning huquqiy himoyasi” tamoyili joriy etilgach, O‘zbekistonda ma’muriy nizolar amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu mexanizm vijdonan harakat qilgan fuqarolar va biznesni davlat idoralarining noqonuniy yoki xato qarorlari salbiy oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-25 18:51

Oliy malaka toifasidagi pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar 20-apreldan qabul qilinadi

Oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabuli 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanadi. Bunda boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi. Buning uchun nomzod kamida 15 yillik stajga ega bo‘lishi va kredit tarixi talablariga javob berishi lozim. gazeta.uz »

2026-4-16 10:16

“Tartib bo‘lishi kerak”. Oliy ta’lim vaziri talabalarning kiyim-bosh masalasi haqida

O‘zbekistondagi har bir OTM talabalar uchun kiyim-bosh bo‘yicha o‘z ichki tartib-qoidasini ishlab chiqqan, muassasa rahbariyati buni talab qilishga haqli, dedi Kongratbay Sharipov. Unga ko‘ra, OTMlar orasida o‘z kiyim brendini yaratish ommalashmoqda. “Kiyinish masalasida tartib bo‘lishi kerak”, - dedi vazir. gazeta.uz »

2026-4-15 14:05

Davlat qabul komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi. Qabul natijalarini tasdiqlash, hujjat topshirish va kontrakt to‘lovlarining so‘nggi kunini belgilash hamda o‘qishini ko‘chirish arizalarni ko‘rib shular jumlasidan. gazeta.uz »

2026-4-13 14:01

Toshkentda An’anaviy san’at oliy maktabi ochiladi va madaniy markazlar isloh qilinadi

O‘zbekistonda madaniyat markazlari “madaniyat - ta’lim - hordiq - muloqot” tamoyili asosida isloh qilinadi. To‘rtta shaharda ularni rivojlantirish bo‘yicha pilot loyihalar ishga tushadi. An’anaviy san’at oliy maktabi va Milliy restavratsiya instituti tashkil etiladi. “Turkiston” yozgi amfiteatri ta’mirlanadi. gazeta.uz »

2026-2-13 11:03

Oliy ta’lim vazirligi beshta universitet xatolik tufayli yangi ruxsatnoma olganini ma’lum qildi. Adliya vazirligi xatoni rad etdi

Oliy ta’lim vazirligi va Adliya vazirligi beshta xususiy universitet haqida bir-biriga zid ma’lumotlar e’lon qildi. Birinchi vazirlik qo‘shimcha xizmatlar va manzillar uchun ruxsatnomalar universitetlarga xatolik tufayli berilganini ta’kidladi. Ikkinchisi hech qanday xato yo‘qligini aytdi. gazeta.uz »

2025-8-30 01:15

OHCHR xodimlari oliy komissarni G‘azodagi vaziyatni genotsid deb atashga undamoqda — Reuters

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari idorasi (OHCHR)ning 500 dan ortiq xodimi komissar Folker Tyurkni G‘azodagi urushni genotsid deb atashga chaqirmoqda. Ta’kidlanishicha, qoidabuzarliklarning ko‘lami va tabiati bu nomni berish uchun yetarli. Avvalroq G‘azo shahrida ocharchilik rasman tasdiqlangandi. gazeta.uz »

2025-8-28 15:57

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun” “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. gazeta.uz »

2025-4-24 13:27