Ðåçóëüòàòîâ: 113

O‘zbekiston bosh vaziri Yaqin Sharqdagi inqiroz sabab fuqarolarni evakuatsiya qilish va logistikani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zbekiston bosh vaziri Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni olib kelish uchun aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, rasmiylar janubiy yo‘nalishdagi xatarlarni hisobga olgan holda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda. gazeta.uz »

2026-3-2 12:28

Asossiz qarzdorlik bilan elektr to‘lovlariga kiritilgan cheklovlar sabab Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi

Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik bilan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi. Hozirda chiqindidan 15,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 199 mingga yaqin abonentning elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2026-2-12 10:01

Sovuq ob-havo elektr energiyasi ta’minotida “texnik cheklovlar”ga sabab bo‘lishi mumkin — Energovazirlik

Sovuq mavsumda energiya iste’moli oshishi kutilmoqda, ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar qo‘llanishi mumkin, deb ogohlantirdi Energovazirlik. Ammo aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor vazifaligicha qoladi. Energoresurslardan oqilona foydalanish tavsiya etilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-16 18:41

O‘zbekistonliklarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ko‘pligi sabab fanga noma’lum gen o‘zgarishlari aniqlandi

O‘zbekistonda noyob kasalliklarga chalingan har ikkinchi bolada irsiy mutatsiya aniqlangan. Tekshiruvdan o‘tgan bolalarning 86 foizi hech bo‘lmaganda bitta patologik gen tashuvchisi hisoblanadi. Bu mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar ulushining yuqoriligi bilan izohlandi. gazeta.uz »

2025-10-22 09:20

Akasining mashinasida YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda akasiga tegishli mashinani uydan ruxsatsiz olib chiqib, YTH sodir etgan va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchiga sud hukmi o‘qildi. Yigit muqaddam sudlangan. O‘talmagan jazosini qisman qo‘shgan holda, u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilindi. gazeta.uz »

2025-10-13 08:50

Qirg‘izistondagi zilzila Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida vahimaga sabab bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi yuz bergan zilzila vaqti Toshkent yotoqxonalarining birida tashqariga chiqolmayotgan talabalar olomoni videosi tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Irrigatsiya universiteti yotoqxonalaridan birida yuz bergan, vahimadagi talabalarning aksariyati esa turkmanistonlik. Gazeta vaziyatni o‘rgandi. gazeta.uz »

2025-10-6 19:45

Samarqandda 8 nafar piyodani bosib ketib, 1 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga qamaldi

Samarqandda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 kishini bosib ketib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganlar orasida jiyani va farzandini yetaklab ketayotgan homilador ayol halok bo‘lgan. Marhumaning uch nafar farzandi onasiz qolgan. gazeta.uz »

2025-9-30 12:01

Amerikalik sayyohlar to‘lov terminali ishlamagani sabab Samarqanddagi bojxona postida 3 kun qolib ketdi

Sayyohlar Samarqanddagi bojxona postida to‘lov tizimidagi muammolar sabab 3 kun qolib ketdi. Unga mashinasi mamlakatda 90 kundan ortiq bo‘lgani uchun jarima belgilangan. Ammo to‘lov terminali ishlamagani uchun bank kartasida to‘lov qila olmagan, viza muddati tugagani sabab esa naqd pul ham olib kelolmagan. gazeta.uz »

2025-9-30 10:57

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari va ularning natijasi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Nimalar ma’lum?

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari va ularning natijalari e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Ota-onalar va o‘qituvchilar jarayon adolatsiz o‘tgani, shubhali holatlar kuzatilganini yozmoqda. ITMA rahbari holatga munosabat bildirdi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-8-4 11:26

Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi norma deputatlar muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘zLiDeP deputatining taklifi rad etildi

O‘zbekistonlik deputatlar soliq va tadbirkorlikka oid o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘zLiDeP deputati chiqarib tashlashni taklif qilgan soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi modda muhokamaga sabab bo‘ldi, biroq deputatlarning aksariyati bu taklifni rad etdi. gazeta.uz »

2025-4-23 20:02

Diabet sabab o‘zini qadrlashni o‘rgangan kutubxonachi. Zuhra Ahmadjonovaning hikoyasi

U hayoti davomida ko‘p qiyinchilik, xo‘rlliklarga uchragan. Farzand dog‘i kuchli depressiyaga tushirgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni - 35 yoshida qo‘yilgan diabet tashxisidan so‘ng sog‘ligiga e’tibor bera boshlagan, kutubxonadagi ishini esa hayotining eng yaxshi bobi deb hisoblovchi Zuhra Ahmadjonova. gazeta.uz »

2025-3-31 21:26