Ðåçóëüòàòîâ: 337

Futbol ko‘rayotgan bolalar, o‘qituvchilar va vazir: maktablarda tashkil etilgan muxlislar maydonlaridan reportaj

O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuvni mamlakatdagi 14 ta umumta’lim maktabida tashkil etilgan muxlislar maydonlarida jami 2,5 mingga yaqin inson tomosha qildi. Jumladan, ta’lim vaziri E’zozxon Karimova xodimlar bilan Toshkentdagi 12-maktabda jonli efirda futbol ko‘rdi. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-6-18 20:33

“Muxlis bo‘lmasa, futbol o‘ladi” — O‘zbekiston fan-klubi JCH-2026 da milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston fan-klubi a’zolari Portugaliya va Kongoga qarshi guruh o‘yinlarida milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun AQShga jo‘nab ketdi. Muxlislar o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishdi, qo‘shiq va hayqiriqlarni o‘rganishdi. gazeta.uz »

2026-6-16 18:50

Gazeta futbol bo‘yicha Jahon chempionatidan o‘nlab materiallar tayyorlaydi va O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini yoritadi

Gazeta jurnalistlari O‘zbekiston terma jamoasining mundialdagi tarixiy ishtirokini yoritish uchun Mexiko, Hyuston, Atlanta bo‘ylab reportaj safarini boshladi. Akkreditatsiya nashrning milliy futbolni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ikki yillik mehnati natijasi bo‘ldi. Uni qanday bosib o‘tganimiz haqda hikoya qilamiz. gazeta.uz »

2026-6-11 09:33

O‘zbekistonda futbol o‘yinlari vaqtini o‘zgartirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish ko‘zlanmoqda

Prezident futbol o‘yinlarini kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sportni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirish maqsadida stadionlar atrofida xizmatlarni rivojlantirish va muxlislar uchun maxsus turpaketlar yo‘lga qo‘yish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-4-8 09:39

Futbol: O‘zbekistonning JCH guruh bosqichidagi uchinchi raqibi aniq bo‘ldi — Kongo DR

Kongo Demokratik Respublikasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati qit’alararo pley off bosqichi finalida Yamayka ustidan g‘alaba g‘ozondi. Shu tariqa u mundialning “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. JCHning qolgan ishtirokchilari ham aniq bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-4-1 08:18

Futbol klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga 2026-yilda budjetdan 560 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish modeli joriy etiladi. 2026-yilda jamoalar 560 slrd so‘m - har biri 35 mlrd so‘mdan oladi. Ular uchun ham daromad solig‘i bekor qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foizni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:03

Yunus Rajabiy mahallasi aholisi prokuratura protestidan so‘ng futbol maydoni uchun kurashni yana davom ettirmoqda

Poytaxtning Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 2022-yildan beri o‘rnida ofis binosi qurilishi rejalashtirilgan futbol maydonini saqlab qolish uchun kurashyapti. Ular bir necha sud instansiyalaridan o‘tib, g‘alaba qozonganida Bosh prokuratura protest kiritdi. Gazeta aholi va tadbirkorning pozitsiyasini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-3-25 02:53

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi yordamchilari Futbol assotsiatsiyasidan ˆ350 ming talab qilmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning uch nafar yordamchisi FIFAga ariza bilan murojaat qilib, 350 ming yevro tovon puli talab qildi. O‘FA xabariga ko‘ra, Katanets ketganidan so‘ng ularning shartnomalari avtomatik bekor qilingan, bu xalqaro amaliyotga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-18 23:56