Ðåçóëüòàòîâ: 26

Futbol klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga 2026-yilda budjetdan 560 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish modeli joriy etiladi. 2026-yilda jamoalar 560 slrd so‘m - har biri 35 mlrd so‘mdan oladi. Ular uchun ham daromad solig‘i bekor qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foizni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:03

O‘zbekistonda oltin narxlari o‘sishi konservativ hisoblandi. 2026-yilda budjet taqchilligini 3% doirasida saqlash rejalashtirilmoqda

Jahonda oltin narxlari o‘sishi nafaqat O‘zbekiston budjeti daromad bazasini mustahkamlayapti, balki davlat xarajatlari ortishi xavfini ham yaratyapti, dedi senator. Iqtisodiyot vazirligiga ko‘ra, qimmatbaho metall narxi rekord darajada oshganiga qaramay, hukumat budjeti konservativ ssenariylarga asoslangan. gazeta.uz »

2026-1-21 20:49

O‘zbekiston 2026-yilda YIM o‘sishi bo‘yicha mintaqadagi kuchli uchlikka kiradi — Jahon banki

O‘zbekiston 2026-yilda YIMning 6% lik o‘sishi bilan YMO mintaqasida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi, deya prognoz qildi JB. Jahon bozorlaridagi yuqori oltin narxlari hisobiga iqtisodiy faollik kuchayadi, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat pul o‘tkazmalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 09:02

O‘zbekiston 2026-yilda YIM o‘sishi bo‘yicha mintaqadagi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi — Jahon banki

O‘zbekiston 2026-yilda YIMning 6% lik o‘sishi bilan YMO mintaqasida rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida top-3 likka kiradi, deya prognoz qildi JB. Jahon bozorlaridagi yuqori oltin narxlari hisobiga iqtisodiy faollik kuchayadi, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat pul o‘tkazmalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 09:02

2026-yilda O‘zbekistonda xizmatlar bozori hajmi 100 mlrd dollardan oshiriladi — prezident

2026-yilda kreditlar, subsidiyalar, turizmni rivojlantirish va minglab yangi servis obyektlarini ishga tushirish hisobiga xizmatlar bozori hajmini $100 mlrd dan oshirish rejalashtirilmoqda. 2030-yilgacha xorijiy sayyohlar oqimini 20 mln kishiga, turistik xizmatlarni esa 20 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-1-8 15:58

O‘zbekiston 2026-yilda yangi konlarni ishga tushirish hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda — vazir

2026-yilda O‘zbekiston yangi konlarni ishga tushirish orqali gaz qazib olish hajmining ko‘p yillik pasayishini barqarorlashtirishni rejalashtirmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Bunda Mo‘ynoq tumanida mamlakatdagi eng yuqori debitli quduq burg‘ilangan yangi kon muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-15 14:23

O‘zbekiston 2026-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishda davom etadi. Tegishli shartnoma Energetika vazirligi va DABS kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari qurilishini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-11-18 08:37

2026-yilda Toshkent mahallalarini obodonlashtirish va gastroko‘chalar qurish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezidentga Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT tizimi yana 10 ta ko‘chada paydo bo‘ladi. Mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 23:40