Ðåçóëüòàòîâ: 671

Qozog‘iston sun’iy yog‘ingarchilikni ko‘paytirish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi

Qozog‘iston sun’iy ravishda yog‘ingarchilikni ko‘paytirish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi ilk loyihani ishga tushirdi. Mazkur tashabbus hozircha Turkiston viloyatida amalga oshirilmoqda va u suv omborlarini to‘ldirish hamda qishloq xo‘jaligi hududlarini suv bilan ta’minlash darajasini oshirishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-18 13:44

Bexzot Narmatov prezidentning yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Bexzot Narmatov O‘zbekiston prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. U bungacha Energetika vazirligida ishlagan, “O‘ztransgaz”ga rahbarlik qilgan, yangi tayinlovga qadar esa Prezident administratsiyasida shu’ba mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan. gazeta.uz »

2026-5-14 17:46

O‘zbekistonda endi tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya asosiy qarz summasidan oshib ketmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya miqdori asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi haqidagi norma joriy etiladi. Shuningdek, QQS to‘lovchisi guvohnomasi endi avtomatik tarzda to‘xtatilmaydi - bunday qaror soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-6 13:08

Umumiy ovqatlanish, tamaki, alkogol va yonilg‘i xaridlari cheklari bo‘yicha keshbek to‘lovini tezlashtirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, tamaki, alkogol va yonilg‘i savdosi sohalaridagi cheklar bo‘yicha keshbekni operativ to‘lash imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Hozirda keshbek Soliq ilovasida chek ro‘yxatdan o‘tkazilgach, navbatdagi oyning 25-sanasidan so‘ng to‘lanadi. gazeta.uz »

2026-5-5 21:02

Ekologiya sohasida nazorat va javobgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi takliflar bilan tanishdi. Unda atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar uchun javobgarlikni oshirish, moliyaviy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish, noyob maskanlarni saqlash va ularni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. gazeta.uz »

2026-4-30 17:51

Inflyatsiya bo‘yicha prognozda energotariflarning 10 foizgacha oshishi mumkinligi inobatga olingan — Markaziy bank

Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha prognozida energotariflarning 10 foizgacha oshishi mumkinligi inobatga olinganini ma’lum qildi. 2025-yildagi hukumat qarorida 2026-yildan energoresurslar narxlari har yili 1-mayda inflyatsiyani inobatga olib, biroq 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirilishi belgilangandi. gazeta.uz »

2026-4-29 15:00

Allergiya mavsumi: alomatlarni aniqlash va holatni yengillashtirish bo‘yicha shifokor tavsiyalari

Allergiya dunyoda deyarli har uchinchi insonda uchraydi. Gullash mavsumida u kuchayadi va odatiy hayotga xalaqit beradi. Gazeta allergolog Stefaniya Katsamaki bilan allergiya nega ko‘proq uchrayotgani, holatni qanday yengillashtirish va kasallik rivojlanishi xavfini qanday kamaytirish mumkinligi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-4-25 07:48

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilgi o‘sish prognozini 0,4% bandga - 6,4% gacha oshirdi. 2027-yilgi o‘sish prognozi esa 0,8% bandga yaxshilanib, 6,7% ni tashkil etdi. Ayni paytda, JB iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqega ega bo‘lib, xususiy sektorning roli cheklanganicha qolayotganini ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2026-4-14 07:33

Qozog‘iston MOda dori va vaksinalar nazorati bo‘yicha JSSTning “3-darajali yetuklik” maqomini olgan ilk davlat bo‘ldi

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib JSSTning dori vositalari va import vaksinalarni tartibga solish bo‘yicha “uchinchi darajali yetuklik” maqomini oldi. Bu milliy nazorat tizimining xalqaro standartlarga mosligini va aholi uchun tibbiy mahsulotlar xavfsizligi kafolatlanishini anglatadi. gazeta.uz »

2026-4-10 12:22

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

Madaniyat vazirligi san’atkorlar solig‘i bo‘yicha yengilliklar berish va tizimni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi

Madaniyat vazirligi san’atkorlarning har bir chiqishini alohida soliqqa tortish loyihasi bo‘yicha Adliya vazirligiga e’tiroz kiritganini ma’lum qildi. Idora yangi tartibda soliqlarni adolatli va tabaqalashtirilgan holda belgilashni hamda ijodkorlar uchun maqbul shart-sharoitlarni saqlab qolishni so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-4-7 10:44

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

O‘zbekistonda moliyaviy og‘ir ahvoldagi biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar joriy etilmoqda

Faoliyat yuritmayotgan va tugatilgan kompaniyalar soni ortib borayotgani sabab hukumat to‘lovga qobiliyatsizlik institutini yangilamoqchi. Bunda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha agentlik tuzish, soha bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish, shuningdek, sanatsiya mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-3 18:02

“Mas’ul vazirliklar yoqasidan olishi kerak”. JST bo‘yicha prezident vakili Azizbek Urunov adolatsiz raqobatchilar haqida

JST bo‘yicha vakil Azizbek Urunov tovarlar narxini sun’iy pasaytirib, adolatsiz raqobat qilayotgan tadbirkorlarga nisbatan mas’ul vazirliklar chora ko‘rishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach, xufiyona iqtisodiyot kamayishini, mamlakatlar bozorni ochishdan manfaatdor ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:23