Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 5 nafar fuqaro suvga tushib ketgan. Qutqaruvchilar voqea kelganida ularning 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqani, 1 nafari esa suvdan chiqolmay qolgani aniqlangan. Hozirda qidirish ishlari olib borilmoqda.









