Toshkentda mehnat migrantlarini kasbiy tayyorlash xalqaro markazi ochildi. U qanday ishlaydi va u yerga qanday kirish mumkin?
Toshkentning Uchtepa tumanida Migratsiya agentligining eng yirik o‘quv markazi - Intil ochildi. Unda tanlov asosida xorijga ishlashga ketishni istaganlar ish beruvchi standartlari bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

