Ðåçóëüòàòîâ: 25

O‘zbekistonda propan import qiluvchilar narxlarni asossiz oshirgani uchun 63 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Raqobat qo‘mitasi gaz tanqisligi davrida birjada narx manipulyatsiyalarini aniqladi. Narxlarni sun’iy ravishda oshirish va o‘zaro kelishilgan harakatlar uchun 31 ta kompaniya jazolandi. 28,9 mlrd so‘mlik jarimalardan tashqari, budjetga 34,1 mlrd so‘m miqdoridagi asossiz daromadni undirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-3-30 13:36

Asossiz qarzdorlik bilan elektr to‘lovlariga kiritilgan cheklovlar sabab Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi

Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik bilan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi. Hozirda chiqindidan 15,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 199 mingga yaqin abonentning elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2026-2-12 10:01

O‘zbekistonda 6 oyda 3,7 mingta holatda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llanilgan

O‘zbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llangani uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Bunga bunday amaliyot ko‘p uchrashi va bu uchun jazo yo‘qligi sabab qilib keltirilmoqda. Xususan, 2024-yilda tadbirkorlarga 5280 marta, 2025-yilning 6 oyida esa 3755 marta asossiz jarima qo‘llanilgan. gazeta.uz »

2025-10-31 09:12

“Bir tomonlama va asossiz”. O‘zbekiston hukumati — BMTning Gulnora Karimova nohaq hibsga olinganiga oid xulosasi haqida

BMTning ishchi guruhi Gulnora Karimova nohaq hibsga olingan, degan xulosaga kelgandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markaziga ko‘ra, ishchi guruh fikri bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgan, Karimovaga oid ishda qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilingan. Batafsil. gazeta.uz »

2025-7-9 13:53

“Yerlarni xitoyliklarga berish to‘g‘risidagi bayonotlar asossiz” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Urgut tumani amaldorining ekin ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga berilshi haqidagi so‘zlarini rad etdi. Vazirlik ijara shartnomasini faqat sud orqali bekor qilish mumkinligi va qonunga ko‘ra yerni chet el fuqarolariga berish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-6-14 10:21

To‘qimachilik va yog‘ klasterlari narxlarni sun’iy oshirib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun’iy oshirilganini aniqladi. Ular mahsulotlarni birjaga joylashtirish qoidalarini buzib, 20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Klasterlarga nisbatan ish ochildi. gazeta.uz »

2024-7-12 18:49

Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi

Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Raqobatni riojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi. gazeta.uz »

2024-6-7 11:20