Ðåçóëüòàòîâ: 9

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 20 mln dollar ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi

Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimova pullarining 20 mln dollari ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi. Loyiha doirasida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash qo‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-9-24 12:47

“Bir tomonlama va asossiz”. O‘zbekiston hukumati — BMTning Gulnora Karimova nohaq hibsga olinganiga oid xulosasi haqida

BMTning ishchi guruhi Gulnora Karimova nohaq hibsga olingan, degan xulosaga kelgandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markaziga ko‘ra, ishchi guruh fikri bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgan, Karimovaga oid ishda qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilingan. Batafsil. gazeta.uz »

2025-7-9 13:53

Gulnora Karimovaning aktivlaridan ta’lim sohasiga ham 43,5 mln dollar yo‘naltiriladi. Bu qanday loyihalarga sarflanadi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi. gazeta.uz »

2025-4-25 16:11

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 43,5 mln dollari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi. gazeta.uz »

2025-4-25 10:09

“Bu pullar o‘zbek xalqiniki”. Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 67 mln dollarlik aktivlari nimalarga sarflanmoqda?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan pullarining bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Qanday qilib va qaytgan pullar nimalarga sarflanyapti? Jarayonni nazorat qilish uchun BMT shafeligida tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup “Gazeta.uz”ga shu haqda intervyu berdi. gazeta.uz »

2025-4-23 18:01