Ðåçóëüòàòîâ: 127

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori v.b. etib tayinlandi

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U 2022-yildan buyon agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari edi. Abduqodirov iqtisod fanlari doktori bo‘lib, bungacha Moliya vazirligi va bank sohasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. gazeta.uz »

2026-5-14 18:21

Javohir Sindarov Pragnanandhani yana mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida peshqadamligini mustahkamladi

Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. U Rameshbabu Pragnanandha ustidan ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqiblarining parallel kechgan uchrashuvidagi durang natija esa unga turnir yakunlanishiga to‘rt tur qolganda oradagi farqni 2 ochkogacha oshirish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-4-10 19:37

Fotoreportaj: O‘zbekiston Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, FIFA Series g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z uyida Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, FIFA Series turnirida g‘olib bo‘ldi. Abduqodir Husanov turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yinning eng qiziqarli lahzalaridan fotoreportajni taqdim etadi. gazeta.uz »

2026-3-31 06:27

“O‘zbekgidroenergo”ga kompaniya sobiq rahbarining o‘g‘li Islom Abdurahmonov rahbar etib tayinlandi

Islom Abdurahmonov 3 yilga “O‘zbekgidroenergo” raisi lavozimiga tayinlandi. U 2018-yildan beri “To‘palang HPD Holding” kompaniyasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. “O‘zbekgidroenergo”ning avvalgi rahbari va Islomning otasi Abdug‘ani Sanginov dekabrda “O‘zbekneftgaz”ga rahbar bo‘lgandi. gazeta.uz »

2026-1-10 15:56

Akasining mashinasida YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda akasiga tegishli mashinani uydan ruxsatsiz olib chiqib, YTH sodir etgan va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchiga sud hukmi o‘qildi. Yigit muqaddam sudlangan. O‘talmagan jazosini qisman qo‘shgan holda, u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilindi. gazeta.uz »

2025-10-13 08:50