“O‘zbekgidroenergo”ga kompaniya sobiq rahbarining o‘g‘li Islom Abdurahmonov rahbar etib tayinlandi
Islom Abdurahmonov 3 yilga “O‘zbekgidroenergo” raisi lavozimiga tayinlandi. U 2018-yildan beri “To‘palang HPD Holding” kompaniyasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. “O‘zbekgidroenergo”ning avvalgi rahbari va Islomning otasi Abdug‘ani Sanginov dekabrda “O‘zbekneftgaz”ga rahbar bo‘lgandi. gazeta.uz »




