Ðåçóëüòàòîâ: 190

Foto: O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf-klub ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari bilan birga Cho‘lponota shahrida Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf-klubning ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbarlari ramziy ilk zarbani berib, dam olish majmuasining rasman ochilganini e’lon qildi. Foto. gazeta.uz »

2026-7-30 20:28

O‘zbekiston prezidenti va Toskana gubernatori hududlararo hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eudenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv yakunida tomonlar Toskana va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldi. gazeta.uz »

2026-7-14 13:43

Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti 12,5 mlrd dollarlik yangi sheriklik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-3 18:40

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Ozarbayjon prezidenti Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi

Toshkentga kelgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev bilan birga Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ular ekspozitsiya bilan tanishib, O‘zbekiston ta’sis etgan birinchi xalqaro mukofot - “Kelajak merosi” sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2025-11-15 19:21

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston yetakchisini YUNESKO forumi o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidenti va xalqini YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilgani bilan tabrikladi. U tadbirni O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va MOning madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlikning muhim markazi sifatida e’tirof etilganidan dalolat deb atadi. gazeta.uz »

2025-10-31 12:08

O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasi bilan sanoat va muhim minerallar loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-27 18:08

O‘zbekiston Shaxmat olimpiadasiga qanday tayyorlanmoqda? FIDE prezidenti maslahatchisi bilan suhbat

2026-yil sentabrida Samarqand Jahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. FIDE prezidenti maslahatchisi Berik Balgabayev qanday qilib Grand Swiss Olimpiada repetitsiyasiga aylangani, tashkilotchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va musobaqa mamlakatga nima berishi haqida Gazeta’ga intervyu berdi. gazeta.uz »

2025-9-30 07:26

Tramp Mirziyoyevni Vashingtonda kutyapti — AQSh prezidenti vakili O‘zbekiston rahbari uchun “Oq uyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘li ochiqligini” aytdi

AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor Shavkat Mirziyoyevga endi u uchun Oq uyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘li ochiq ekanini ma’lum qildi. “Tramp sizni Vashingtonda kutyapti. gazeta.uz »

2025-9-23 09:03