Ðåçóëüòàòîâ: 43

O‘zbekistonga gaz importi 508 mln dollarga yetdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqildi

Milliy statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-aprelda $508,3 mlnlik tabiiy gaz import qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53,6 foizga ko‘p. Shu bilan birga, yangilangan statistikada 2025-yilning 4 oyi bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hisobotdagidan $180,4 mlnga yuqori bo‘lib chiqdi. Gaz eksporti qisqargan. gazeta.uz »

2026-6-12 13:34

“O‘qituvchi — kelajak me’mori”. Toshkentda o‘tgan pedagogika anjumanida nimalar muhokama qilindi?

Pedagoglar faoliyati ulkan mas’uliyat bilan bog‘liq va ularni kelajak me’morlariga qiyoslash mumkin, deya ta’kidlandi Nodavlat ta’lim muassasalari uyushmasi anjumanida. Sinfda kechayotgan voqealar bolalarning bir bo‘lagiga aylanadi - buni o‘zlari bilan katta dunyoga olib ketadi, deydi ekspert Sherri Le Motte. gazeta.uz »

2026-4-13 00:18

Raqobat qo‘mitasi o‘tgan yil davomida davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlarni aniqladi

Qo‘mita o‘tgan yili boshlang‘ich qiymati jami 18,8 trln so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridini o‘rgandi. Natijada 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Asosiy muammolar kelishuvlar, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoit yaratish va affillanganlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. gazeta.uz »

2026-3-10 14:17

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda o‘tgan uchrashuvda nimalar haqida gaplashdi?

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ilk bor Ozarbayjon bilan to‘laqonli ishtirokchi sifatida o‘tkazildi. Yetakchilar savdo, transport bog‘liqligi, energetika va raqamli integratsiyani yaxshilash bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Chiqishlardan asosiy qismlar - Gazeta obzorida. gazeta.uz »

2025-11-17 17:59

1-martdan markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlar savdosi avtomatik ravishda cheklanadi

2026-yil 1-martdan raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlar savdosi avtomatik ravishda cheklanadi. 2025-yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar NNTlar tomonidan iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-10-8 12:24

Prezident tadbirkorlar bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

ITIM e’lon qilgan lingvistik tahlilga ko‘ra, Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtidagi nutqida Shavkat Mirziyoyev 4241 ta so‘z ishlatdi. Eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar “tadbirkor”, “biznes”, “korxona”, “soliq”, “investitsiya”, “loyiha”, “kredit”, “tizim”, “sharoit” va boshqalar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-8-21 10:48

O‘zbekistondagi 64 ta tumanda oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan kamaygan, 17 tasida 50 foizga ham yetmagan — prezident

O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 2023-yilga nisbatan 1,2 barobarga o‘sib, 2 mlrd dollardan oshdi. Ammo 64 ta tumanda eksport 2023-yilga nisbatan kamaygan, undan 17 tasida 50 foizga ham yetmagan. Prezident hokimlarni dunyodagi og‘ir vaziyatni hisobga olib, yangi imkoniyatlarni ishga solish haqida ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-11-28 15:35

Toshkentda o‘tgan qo‘shma komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari nimalarni gaplashdi?

O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikka doim tayyor, dedi bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shma komissiya yig‘ilishida. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin polimerlar, fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish va temiryo‘l mashinasozligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berdi. gazeta.uz »

2024-9-10 08:58