Ðåçóëüòàòîâ: 32

Yuk tyagachlari va yarim tirkamalar importi boj va utilizatsiya yig‘imidan vaqtincha ozod qilindi

2027-yil oxirigacha O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk tyagachlari va yarim tirkamalarni bojxona boji va utilizatsiya yig‘imisiz olib kirish mumkin bo‘ladi. Imtiyoz ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifadagi tyagachlarga va ayrim yarim tirkamalarga nisbatan qo‘llanadi. gazeta.uz »

2026-7-8 10:59

O‘zbekistonga gaz importi besh oyda 724,7 mln dollarga yetdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlar yana qayta ko‘rib chiqildi

Yanvar-mayda O‘zbekiston $724,7 millionlik tabiiy gaz import qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 84,1% ko‘p. Shuningdek, yangilangan statistikada 2025-yilning 5 oylik ko‘rsatkichi o‘tgan yili e’lon qilingan hisobotga nisbatan $108,1 millionga yuqori bo‘lib chiqdi. Gaz eksporti esa qariyb uchdan bir qismga qisqardi. gazeta.uz »

2026-7-3 10:58

O‘zbekistonga gaz importi 508 mln dollarga yetdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqildi

Milliy statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-aprelda $508,3 mlnlik tabiiy gaz import qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53,6 foizga ko‘p. Shu bilan birga, yangilangan statistikada 2025-yilning 4 oyi bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hisobotdagidan $180,4 mlnga yuqori bo‘lib chiqdi. Gaz eksporti qisqargan. gazeta.uz »

2026-6-12 13:34

Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlar muddati uzaytiriladi

Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. gazeta.uz »

2024-12-11 19:22

Iste’mol dizeli importi 2022-yilning birinchi yarimyilligiga nisbatan 7,3 barobar oshdi (aniqlashtirildi)

Yil boshidan buyon 168,6 mln dollarlik 206,9 ming tonna iste’mol dizeli import qilindi, bu 2023-yilning yanvar-iyuliga nisbatan 22 foiz, 2022-yilnikiga nisbatan esa 7,3 barobar ko‘p. Bojxona qo‘mitasi va Energovazirlik aniqlik kiritishicha, dizelning barcha turlari hisobga olinsa, import qisqargan. gazeta.uz »

2024-8-22 08:32

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda. gazeta.uz »

2024-4-13 09:36