Ðåçóëüòàòîâ: 60

Sovuq ob-havo elektr energiyasi ta’minotida “texnik cheklovlar”ga sabab bo‘lishi mumkin — Energovazirlik

Sovuq mavsumda energiya iste’moli oshishi kutilmoqda, ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar qo‘llanishi mumkin, deb ogohlantirdi Energovazirlik. Ammo aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor vazifaligicha qoladi. Energoresurslardan oqilona foydalanish tavsiya etilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-16 18:41

O‘zbekiston 2026-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishda davom etadi. Tegishli shartnoma Energetika vazirligi va DABS kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari qurilishini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-11-18 08:37

“Elektr energiyasi ishlab chiqarish jihatdan masalamiz yo‘q. Faqat tarmoqlarda ishni davom ettirish kerak” — vazir

O‘zbekiston to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega va qishda cheklovlar kutilmayapti (favqulodda vaziyatlardan tashqari), dedi energetika vaziri. Uning ta’kidlashicha, asosiy muammolar 35 foizi 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlayotgan elektr tarmog‘ining eskirishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2025-10-30 18:10

Toshkentdagi yangi inshootlar elektr energiyasi talabidan kelib chiqib quriladi — qurilish vaziri

Bino va inshootlarni qurish uchun ruxsatnomalar elektr energiyasining zarur hajmi hisoblab chiqilgan va ta’minlangandan keyingina beriladi, dedi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri. Unga ko‘ra, tarmoqdagi cheklovlarni bartaraf etadigan va “elektr halqasi” deb ataluvchi tizim yaratiladi. gazeta.uz »

2025-8-10 09:49

O‘zbekistonliklarga iyun oyida go‘sht, gaz, elektr energiyasi va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi eng ko‘p sezildi

Iyun oyida O‘zbekiston aholisi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,2 foizgacha pasaydi - bu 2024-yilning oktabr oyidan buyon eng past ko‘rsatkichdir. Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, elektr energiyasi, gaz, benzin va yoqilg‘i narxlari keskin oshganini aytishgan. gazeta.uz »

2025-7-10 14:45

O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga elektr energiyasi eksporti loyihasi realizatsiyasini tezlatmoqchi

Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari O‘rta yo‘lak orqali tashilayotgan o‘zbek yuklari hajmi 25% ga oshganini qayd etdi. Shuningdek, ular Yevropaga elektr energiyasi eksport qilish loyihasini tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2025-7-2 16:11

O‘zbekistonda oyiga 10 ming kVt/soatdan ko‘p elektr energiyasi iste’mol qiladigan abonentlar 80 mingdan 15 mingtagacha kamaydi — ITIM

O‘zbekistonda ijtimoiy norma joriy etilganidan so‘ng 10 ming kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qiladigan uy xo‘jaliklari soni 80 mingdan 15 mingtagacha kamaydi. Oyiga 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan abonentlar ulushi 2023-yilda 71 foizni va 2024-yilda 72 foizni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-6-2 14:44

Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda — energetika vaziri o‘rinbosari

Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2024-11-7 21:38

Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi

2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi. gazeta.uz »

2024-9-4 08:05

YI va BMTTD Toshkent viloyatida quyosh energiyasi asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushirildi, loyiha BMTTD va YI hamkorligida amalga oshirildi. Suv quyosh panellari energiyasidan foydalangan holda 180 m chuqurlikdagi quduqdan chiqariladi. Tizim quvvati 3 ga yerni sug‘orishga yetadi. gazeta.uz »

2024-8-8 19:44