Ðåçóëüòàòîâ: 15

Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til o‘rganish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi

Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til o‘rganish xarajatlarining 50 foizi hamda kasbiy imtihonlar to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi, bunda mablag‘larni o‘quv markazlariga emas, fuqarolarning o‘ziga berish ko‘zda tutilmoqda. Bu bo‘yicha Prezidentga tegishli takliflar kiritildi. gazeta.uz »

2026-4-20 16:57

O‘zbekistonliklarga dekabrda meva-sabzavotlar, yoqilg‘i, tashish va kafe-restoran xizmatlari qimmatlashgani eng ko‘p sezildi

Dekabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,2 foiz bandga oshib, 12 foizni tashkil etdi. Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, dekabrda meva-sabzavotlar, yoqilg‘i, tashish va kafe-restoran xizmatlari qimmatlashganini qayd etgan respondentlar ulushi ortdi. gazeta.uz »

2026-1-10 16:54

TIV o‘zbekistonliklarga Rossiyadagi “hujjat tayyorlash” xizmatlariga ishonmaslikni tavsiya qildi

Rossiyadagi konsullik muassasalariga o‘zbekistonliklar tomonidan qalbaki hujjatlar taqdim etish holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi TIV. Vazirlik Telegram’da soxta guvohnomalar tayyorlash xizmatlari keng tarqalganini eslatib, fuqarolardan faqat rasmiy organlarga murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:23

TIV o‘zbekistonliklarga Tailand va Kambodjaning chegaradosh hududlariga safar qilmaslikni tavsiya qildi

Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuv sabab o‘zbekistonliklarni ushbu davlatlarning chegaradosh hududlariga bormaslikni tavsiya qildi. O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi esa mojaro oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-7-25 09:12

O‘zbekistonliklarga iyun oyida go‘sht, gaz, elektr energiyasi va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi eng ko‘p sezildi

Iyun oyida O‘zbekiston aholisi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,2 foizgacha pasaydi - bu 2024-yilning oktabr oyidan buyon eng past ko‘rsatkichdir. Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, elektr energiyasi, gaz, benzin va yoqilg‘i narxlari keskin oshganini aytishgan. gazeta.uz »

2025-7-10 14:45

O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar vizasi uchun hujjat topshirish soddalashtirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolariga Kanada, Avstraliya va Argentina kabi davlatlar vizalarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilishi mumkin - onlayn suhbat va hujjat topshirish jarayonlarini mamlakatdagi VFS Global kompaniyasi ofislari orqali amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-8 18:45

O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarga viza tartibi soddalashtirilishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolariga Kanada, Avstraliya va Argentina kabi davlatlar vizalarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilishi mumkin - onlayn suhbat va hujjat topshirish jarayonlarini mamlakatdagi VFS Global kompaniyasi ofislari orqali amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-7 18:45

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi. gazeta.uz »

2024-5-3 10:17