Ðåçóëüòàòîâ: 23

Yanvardagi inflyatsiyaning 13 foizi go‘sht hissasiga to‘g‘ri keldi: prezident ozuqa bazasini kengaytirish topshirig‘ini berdi

Yanvarda yillik inflyatsiya 7,2% bo‘ldi, narxlar o‘sishining 13 foizi go‘sht mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. Dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmi qisqarishi va import keskin o‘sishi fonida prezident ozuqa ekinlari maydonini ko‘paytirish va chetdan yetkazib berishga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish topshirig‘ini berdi. gazeta.uz »

2026-2-13 19:57

Go‘sht, metan, haydovchilik kurslari, aviachiptalar, kommunal to‘lovlar — 2025-yilda nima eng ko‘p qimmatlashdi?

2025-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 7,3% gacha sekinlashdi. Yil davomida oziq-ovqatlardan limon (+96,3%), qo‘y go‘shti (+26,8%), suyaksiz mol go‘shti (+25%), suyakli mol go‘shti (+23,9%), bodring (+16%), xizmatlardan haydovchilik kurslari (+59%), aviachiptalar (+56,9%), tarmoq gaz (+39,2%) eng ko‘p qimmatlashdi. gazeta.uz »

2026-1-10 07:25

O‘zbekistonliklarga iyun oyida go‘sht, gaz, elektr energiyasi va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishi eng ko‘p sezildi

Iyun oyida O‘zbekiston aholisi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,2 foizgacha pasaydi - bu 2024-yilning oktabr oyidan buyon eng past ko‘rsatkichdir. Markaziy bank so‘rovnomasiga ko‘ra, respondentlarning aksariyati go‘sht, sut, elektr energiyasi, gaz, benzin va yoqilg‘i narxlari keskin oshganini aytishgan. gazeta.uz »

2025-7-10 14:45

Markaziy bank so‘rovlarida narxining o‘sishi bo‘yicha go‘sht yetakchilik qilmoqda

O‘zbekiston aholisi orasida sezilayotgan inflyatsiya darajasi mart oyida 14,3 foizgacha pasaydi. Markaziy bank so‘roviga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi - respondentlarning 64 foizi bu mahsulotlar narxining oshganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-5-1 08:12

Markaziy bank so‘rovi: O‘zbekistonliklar oktabrda go‘sht, benzin, gaz va elektr narxlari keskin oshganini bildirdi

Oktabr oyida aholi o‘rtasida inflyatsiya darajasi 13,2 foizgacha kamaydi, deb xabar bermoqda MB. Ko‘pchilik go‘sht va sut narxining keskin oshganini qayd etdi. Benzin va yoqilg‘i, elektr va gaz, dori-darmon va neft narxlarining sezilarli darajada oshishini ko‘rsatganlarning ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda. gazeta.uz »

2024-11-10 08:21