Ðåçóëüòàòîâ: 111

“Narxlar takroran oshirilmadi, inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilindi” — Energetika vazirligi gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilgani haqida

Energetika vazirligi elektr va tabiiy gaz tariflari oshirilishini ularni tegishli hukumat qaroriga asosan inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilish zarurati bilan bog‘ladi. Vazirlik vakiliga ko‘ra, tariflar indeksatsiya qilinmasa, budjetga tushadigan yuklama ortadi. Tariflar o‘rtacha hisobda 10 foizga oshirildi. gazeta.uz »

2026-6-1 10:50

Kiberfiribgarlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik 20 yoshli yigit Turkiyadan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonlik 20 yoshli Umid Zohirjonov Turkiyadan deportatsiya qilindi. U vatanda kiberfiribgarlik sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirishda ayblanmoqda va qidiruvda edi. Bosh konsulxona javobgarlikdan qochib, chetda yashayotganlarni jinoiy ta’qib etish davom ettirilishini eslatdi. gazeta.uz »

2025-11-7 12:05

Uy-joy boshqaruvi rahbarlari Qonunchilik palatasida qabul qilindi. Ular Qurilish vazirligining harakatlariga qarshi

Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari va bevosita boshqaruvdagi uylar rahbarlari Qurilish vazirligining aholining uylarni boshqarish huquqini cheklaydigan qonun loyihasiga qarshi chiqmoqda. Qonunchilik palatasi vitse-spikeri vaziyatni o‘rganishni va’da qildi. Raqobat qo‘mitasi loyihani qo‘llab-quvvatlamadi. gazeta.uz »

2025-9-29 08:04

Polsha va AQShdan xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolari ekstraditsiya qilindi

Polsha va AQShdan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarolari ekstraditsiya qilindi. Zo‘rlash va o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan fuqarolar Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi. gazeta.uz »

2025-9-10 13:22

Prezidentga madaniyat va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi takliflar taqdim qilindi

Prezidentga madaniy tashabbuslar taqdim etildi. Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi, hududlarda simfonik orkestrlar tashkil etiladi, joriy yilning kuzida Buxoroda ilk bor zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkaziladi, Nukusda hunarmandlar va dizaynerlar uchun hudud tashkil etiladi. gazeta.uz »

2025-7-29 20:12

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi, Jahongir Ahmedov uning direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Unga rejissyor Jahongir Ahmedov direktor etib tayinlandi. Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan kontentni tahlil qiladi va mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi. gazeta.uz »

2025-5-15 13:37

O‘zbekistonda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilindi

Prezident “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishini e’lon qildi. Dasturda hokimlar tibbiyot muassasalarida “ona-bola” xonalarini tashkil qilish, nogironligi borlar erkin harakatlanishi uchun inklyuziv muhit yaratish, qo‘l yuvishga issiq suvi bor pokiza hojatxonalar tashkil etish uchun mas’ul bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-5-7 13:39