Ðåçóëüòàòîâ: 304

Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasini boshqarishga ruxsat bergan qarindoshi va ota-onasiga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 7 yoshli bolaning yuk mashinasini boshqarayotgani aks etgan video ortidan tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, unga yuk avtomobilini boshqarishga qarindoshi ruxsat bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga va bolaning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirdi. gazeta.uz »

2026-6-30 12:25

Qoraqalpog‘istonda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 28 yoshli fuqaroning ozodligi 4,5 yilga cheklandi

Qoraqalpog‘istonlik yigit Rossiyaga ishlashga borib, giyohvandlikka oid jinoyat uchun qamalgan. Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainada jang qilgan. Gospitaldan qochib O‘zbekistonga qaytgan. U urushdagi o‘zbekistonliklarni qaytarishda ko‘maklashish istagini bildirdi. Unga 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-6-1 14:00

Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga erkak bilan rashk sababli kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »

2026-5-1 12:40

Samarqandda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 22 yoshli yigitning ozodligi 5 yilga cheklandi

Samarqandda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan 22 yoshli fuqaro 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. U Rossiyada narkotiklarga oid jinoyat uchun qamoqda bo‘lgan vaqtida harbiy shartnoma imzolab, Donetskda janglarda ishtirok etgan. Jarohatlangach, gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan. gazeta.uz »

2026-4-30 12:22