Ðåçóëüòàòîâ: 46

Nukusda bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan xususiy bog‘cha xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Nukusda bolalarga nisbatan muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan xususiy bog‘cha xodimlarining ozodligi cheklandi. Kichik guruh tarbiyalanuvchilariga nisbatan shafqatsiz munosabat o‘tgan yilning fevralida - xodimlar bolalarni tepib, boshiga urgani aks etgan videolar tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi. gazeta.uz »

2026-2-3 15:30

Toshkentda Yevropa uslubidagi ko‘cha paydo bo‘ldi. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz yechimlar (va ularni qanday qilib osongina tuzatish mumkin?)

Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng sayr qilish va hordiq chiqarish uchun yanada yashil va qulay bo‘ldi. Bu yerda to‘liq to‘siqsiz muhit yaratildi, tartibsiz to‘xtash joylari esa o‘tmishda qoldi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:25

Forishda zaharlangan bog‘cha bolalarining 2 nafari shifokorlar kuzatuvida qolmoqda — SSV

Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida ovqatdan zaharlangan bolalarning barchasi barqaror ahvolida bo‘lib, hozirda faqat 2 nafar bola shifokorlar kuzatuvida qolmoqda. SSV bayonotiga ko‘ra, noxushlik holatining aniq sababi laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra belgilanadi. gazeta.uz »

2025-10-10 12:10

Bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan autsorsing kompaniyalari tekshirilmoqda

Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanishi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha bir nechta autsorsing kompaniyalari ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinib, bosh prokuror birinchi o‘rinbosari rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. gazeta.uz »

2025-9-29 09:26

Muhandislik maktablari, Avloniy stipendiyasi va “Yangi avlod” bog‘cha tarmog‘i — ta’lim islohoti rejalari

Prezident ta’lim tizimidagi yangi islohotlarga oid taqdimot bilan tanishdi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini qamrab oluvchi yagona milliy g‘oya konsepsiyasini yaratish, “Yangi avlod” bog‘chalar tarmog‘i, muhandislik maktablari va Abdulla Avloniy nomidagi stipendiya ta’sis etish kabi tashabbuslar ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-9-8 18:25

Markazida ajratilgan yo‘lak mavjud birinchi ko‘cha. Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi qanday o‘zgaradi?

Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi. Bu markazida (ilgari tramvay yurgan joyda) avtobuslar uchun ajratilgan tasmasi bor ilk ko‘cha bo‘ladi. Bekatlar “garmoshka” avtobuslarini sig‘dira oladigan darajada uzun bo‘ladi, o‘tish joylari va svetoforlar o‘rnatiladi. Chapga burilish joylari yopiladi. Tafsilotlar. gazeta.uz »

2025-5-23 09:29

O‘zbekistonda sentabr oyidan maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudirlarining maoshi oshiriladi. 2026-yildan boshlab ular uchun KPI asosida oylik ustamalar joriy etiladi. Maktablar bo‘sh turgan binolarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 75 foizini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-19 13:32

Samarqanddagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz bo‘g‘ma ilon tomoshalari o‘tkazilgani aniqlandi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »

2024-12-3 00:07

Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish uchun maktablarning bo‘sh yerlarida DXSH asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish, “Bolaning rivojlanish xaritasi"ni yuritish, shuningdek, olimpiada g‘oliblari mukofotlarini daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-9-4 19:54

O‘zbekistonda o‘quvchilar va bog‘cha bolalarida skrining paytida qanday kasalliklar aniqlandi?

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov maktab va bog‘chalarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilarining deyarli 28 foizida va tarbiyalanuvchilarning 26 foizida turli xil kasalliklar, jumladan, anemiya, asab tizimi kasalliklari va yurak nuqsonlari aniqlangan. gazeta.uz »

2024-7-30 15:52

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi. gazeta.uz »

2024-2-22 09:59