Ðåçóëüòàòîâ: 55

Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini jarohatladi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga erkak bilan rashk sababli kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi ushlandi. gazeta.uz »

2026-5-1 12:40

Sirdaryoda virusli ilova orqali fuqarolarning 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan yigit ushlandi

Sirdaryoda yashovchi fuqaro hududlardan 9 nafar shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. U ushbu shaxslarning akkauntlaridan foydalanib, virusli ilova orqali fuqarolarning telefonlariga zararli dastur yuborgan va jami 201 nafar fuqarodan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yechib olgan. gazeta.uz »

2026-3-28 09:10

Sirdaryoda yuk mashinasiga o‘z ismi yozilgan davlat belgisini taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi

Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlangan yuk mashinasi haydovchisi jazolandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yuk mashinasiga odatdagi raqamlar va harflar kombinatsiyasi o‘rniga, 20 FARRUX belgisi taqilganini ko‘rish mumkin. Unga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2025-9-18 13:22

Sirdaryoda o‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatgan o‘quvchining onasi sud hukmi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan va huquqbuzarlik paytida harakatlariga javob berolmagan. gazeta.uz »

2025-2-16 12:10

“Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”. Sirdaryoda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzildi

Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi va HETK tomonidan asossiz ravishda, quyosh paneli o‘rnatmagani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilganini qayd etdi. Sirdaryo HETK holatga munosabat bildirib, mas’ullar prezident qarorini noto‘g‘ri talqin qilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-9-23 15:14

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi

DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda. gazeta.uz »

2024-5-23 09:48