Ðåçóëüòàòîâ: 12

XDP amaldorlarni fuqarolarning shaxsiy hayoti va qadr-qimmatini hurmat qilishga chaqirdi

Xalq demokratik partiyasi mutasaddilarni aholi bilan muloqotda noqonuniy usullardan voz kechishga, qonun ustuvorligi, inson qadri va ijtimoiy tenglik tamoyillariga amal qilishga chaqirdi. Partiya qayd etishicha, xonadon va ko‘chalar holati joylardagi ishlar samaradorligi va infratuzilma bilan bevosita bog‘liq. gazeta.uz »

2026-8-7 12:09

O‘zbekistonda davlat organlari fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatik ravishda yangilaydi

1-oktabrdan O‘zbekiston davlat organlari fuqarolarning familiyasi, ismi, otaismi, tug‘ilgan sanasi va boshqa shaxsiy ma’lumotlari o‘zgarsa, ularni avtomatik ravishda yangilashni boshlaydi. Shuningdek, kreditlar to‘liq so‘ndirilgandan keyin mulkka qo‘yilgan taqiqni avtomatik yechish ham reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-7-16 14:16

O‘zbekiston va Belarus fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddatini 10 kungacha uzaytiradi

O‘zbekiston va Belarus rasmiylari fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tmasdan mamlakatda bo‘lish muddatini 3 kundan 10 kungacha uzaytiradi. Ushbu o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga doir bayonnomada mustahkamlab qo‘yildi. gazeta.uz »

2026-7-13 10:12

Fuqarolarning muomala layoqati, dastlabki himoya va bolalar huquqlariga oid ishlar bo‘yicha sudlarga tushuntirish berildi

Oliy sud Plenumi O‘zbekiston sudlariga fuqarolar va bolalar huquqlariga daxldor ishlarga oid yondashuvlarni tushuntirdi: muomala layoqatini cheklash, shaxsni muomalaga layoqatsiz deb topish, dastlabki himoya choralari va bolalar tarbiyasiga oid nizolar shular jumlasidan. Tafsilotlar - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-7-4 07:53

Fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari bilan ishlash tizimi qanday o‘zgarmoqda?

Prezident davlat organlarining aholi bilan muloqoti samaradorligini oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Xalq qabulxonasi davlat organlariga ko‘rsatmalar berish, ulardan ma’lumotlar so‘rash va talablar bajarilmasa materiallarni prokuraturaga yuborishi mumkin. Onlayn murojaatlar muddati nazorat qilinadi. gazeta.uz »

2026-4-7 12:02

Sirdaryoda virusli ilova orqali fuqarolarning 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan yigit ushlandi

Sirdaryoda yashovchi fuqaro hududlardan 9 nafar shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. U ushbu shaxslarning akkauntlaridan foydalanib, virusli ilova orqali fuqarolarning telefonlariga zararli dastur yuborgan va jami 201 nafar fuqarodan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yechib olgan. gazeta.uz »

2026-3-28 09:10

Prezident Yevropada ishlayotgan fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropadagi mehnat migrantlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish, migratsiya shartnomalari tuzishni tezlashtirish, O‘zbekiston hududlarida viza markazlarining ko‘chma ofislarini ochish, xorijdagi fuqarolarni tun-u kun qo‘llab-quvvatlaydigan situatsion markaz tashkil etishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-11-18 19:06

Toshkentda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Poytaxtda fuqarolarning kartalaridagi mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tadbir davomida 20 ga yaqin shaxs qo‘lga olinib, ulardan 15 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari va ko‘plab plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida olingan. gazeta.uz »

2025-3-17 10:55