Ðåçóëüòàòîâ: 51

Yolg‘on axborot tarqatishga oid normalar so‘z erkinligi maydonini toraytirmoqda — Otabek Bakirov

Moliyachi va bloger Otabek Bakirov Energetika vazirligiga kim rahbarlik qilishidan qat’i nazar, ayni e’tirozlarni bildirgan bo‘lishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, o‘ziga qarshi ochilgan ish davlat xizmatchilarini tanqid qilgani uchun OAV va jamoatchilik faollariga qarshi jarayonlar ko‘payayotganidan dalolat beradi. gazeta.uz »

2026-5-7 15:40

Irina Matviyenko zo‘ravonlikka oid ishlarni prokuraturaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirishga chaqirdi

Huquq himoyachisi Irina Matviyenko ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonundagi bo‘shliqlarni ko‘rsatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga qarshi sodir etilgan bir qator jinoyatlar prokuratura yurisdiksiyasidan tashqarida qolib ketishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-18 08:11

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi nega cho‘zilmoqda? Akmal Burxanov izohi

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi takomillashtirilib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoni ketmoqda va bu vakolat Adliya vazirligida, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov. “Bu to‘xtab qoladigan hujjat emas”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-7 08:38

Statqo‘m rahbariyati aholini ro‘yxatga olishda nega nogironlikka oid savollar yo‘qligiga izoh berdi

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlikka oid savollarning yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lgach, Statqo‘m rahbariyati izoh berdi. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada daromad manbaiga oid savolning javoblari orasida “nogironlik pensiyasi” varianti ham bor. Shu orqali nogironlar satistikasini shakllantirish mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 10:34

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzolandi

Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifida ikki davlat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Bojxona xizmati vakolatxonalarini ochish, qo‘shma harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish va tog‘-kon sanoatida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:17

Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralari tutash nuqtalariga oid shartnomani ratifikatsiyalovchi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni qabul qildi. Shartnoma mart oyida Xo‘jand shahrida uch davlat prezidentlari uchrashuvi chog‘ida imzolangan edi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:14

Sadir Japarov OAVga oid yangi qonunni imzoladi, unda mediaga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgan

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAV to‘g‘risida qonun imzoladi: endi internet platformalari, jumladan, sayt va bloglar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Avvalroq huquqshunoslar qonun OAV ishini jiddiy ravishda cheklashini aytib, prezidentni parlament qabul qilgan qonunni rad etishga chaqirgandi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:23

“O‘zbek jurnalistikasi yutqazdi”. Faollar Anora Sodiqovaga oid sud qarorini qanday qarshi oldi?

Sud jurnalist Anora Sodiqovaning bloger Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vosini qanoatlantirmagach, holat muhokamalarni keltirib chiqardi. Ayrimlar bu ishda mag‘lub O‘zbekiston jurnalistikasi bo‘ldi demoqda, ba’zilar buni ayollarga qarshi nafrat tilining e’tiborsiz qoldirilishi deb baholadi. Boshqa fikrlar. gazeta.uz »

2025-5-31 16:50

Prezident radikallashuvga qarshi kurash va diniy ma’rifatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident yig‘ilishida internetdagi radikal g‘oyalar O‘zbekiston aholisining zaif qatlamlari, jumladan, yoshlarni noqonuniy guruhlar ta’siriga tortayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni bilim va mehnatga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. gazeta.uz »

2024-11-28 16:56

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-9-13 19:31

Jurnalistlarga Aziz Voitovga oid ochiq sud majlisidan foto va video olish taqiqlandi. Bu prezident farmoniga zid

Sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 sudlanuvchiga oid sudda OAV vakillariga foto, video olish hamda audio yozib olish taqiqlandi. Ayrim advokatlar jurnalistlarni yolg‘on tarqatishda ayblamoqda. Antikorrupsiya agentligi bunday qaror prezident farmoniga zidligini aytib, majlisni jonli efirga uzatishga chaqirdi. gazeta.uz »

2024-9-7 10:39

Prezident tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi choralarni e’lon qildi. Asosiy ma’lumotlar

Prezident Nukusda tadbirkorlar bilan uchrashuvda biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi. Mikrokredit limitini 300 mln so‘mgacha oshirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha resurslar ajratish, faktoring xizmatlari va islomiy moliya bozorini rivojlantirish shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-8-20 12:40

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi. gazeta.uz »

2024-8-19 20:44

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida

Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-7-16 08:00

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-6-4 16:57

Yo‘l qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar qaror chiqaruvchiga 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikka tortilmaydi

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilishi kerak. Aks holda ishni ko‘rib chiqish tugatiladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:17