Ðåçóëüòàòîâ: 16

“Inson kapitalini rivojlantirish uchun raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishga harakat qilyapmiz” — Sherzod Shermatov

Sankt Peterburgdagi PXIFda vazir Sherzod Shermatov O‘zbekiston SI til modellarini yaratish bo‘yicha raqobatlashish niyatida emasligini ta’kidladi. Ustuvor vazifa yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va odamlar hayotini soddalashtirishdan iborat. U IT kompaniyalarni mamlakatda ofislar ochishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-6-5 13:01

O‘zbekistonda yer ijarasi huquqidan ipoteka va lizing uchun foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda yer ijarasi huquqi kengaytirilib, undan kredit, ipoteka va lizing uchun garov sifatida foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, yer nazorati kuchaytiriladi, noqonuniy oldi-sotdi uchun javobgarlik qayta ko‘riladi va biznesning yerga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun jarayonlar soddalashtiriladi. gazeta.uz »

2026-4-23 10:03

O‘zbekistonda uy-joylarni foydalanishga topshirish “Turar joy” tizimiga ulanadi

O‘zbekistonda quruvchilar uchun yangi talablar joriy etiladi: ko‘p kvartirali uylar “Turar joy” tizimida avtomatik qayd etiladigan kadastr pasportiga ega bo‘lsa va quyosh panellari binoning umumiy mulkiga o‘tkazilsagina foydalanishga topshiriladi. Hokimlarning UJKX bo‘yicha o‘rinbosarlari tayinlanadi. gazeta.uz »

2026-1-15 23:36

O‘zbekistonda telekommunikatsiya operatorlariga tashqi internet kanallaridan foydalanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda xususiy telekom-operatorlarga tajriba tariqasida 2030-yilgacha xalqaro internet kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga ruxsat berildi. Buning uchun ular mamlakat hududining kamida 50 foizini qamrab olgan magistral optik tolali tarmoqlarga ega bo‘lishi va boshqa talablarni bajarishi shart. gazeta.uz »

2025-9-19 13:45

“Yuksalish”: O‘zbekistonda o‘nlab suv ta’minoti obyektlari rasman foydalanishga topshirilgan, biroq ishlamaydi

“Yuksalish” harakati 2024-yilda aholini ichimlik va oqova suv bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar bajarilishini tekshirdi. Monitoring suv ta’minoti bo‘yicha o‘nlab obyektlar “nomiga” topshirilgani, rekonstruksiyadagi 67 obyektning 23 tasida amaliy ishlar hali yakunlanmaganini ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2025-6-13 13:59

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish shartlarini kelishib oldi. 2020-yilda mojaro kelib chiqqan buloqdagi suvning uchdan ikki qismi o‘zbekistonliklarga tegishli bo‘ladi, uning hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2025-4-26 20:19