Andijondagi ko‘p qavatli uy hovlisida Cobalt ikki bolani urib yubordi
Andijon shahrida Cobalt ko‘p qavatli uy hovlisida o‘ynab yurgan ikki yosh bolalarni urib yubordi. Bolalar shifokorlar ko‘rigiga jo‘natilgan. gazeta.uz »
Qavatli - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Andijon shahrida Cobalt ko‘p qavatli uy hovlisida o‘ynab yurgan ikki yosh bolalarni urib yubordi. Bolalar shifokorlar ko‘rigiga jo‘natilgan. gazeta.uz »
Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, 4 fuqaro kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 1 kishi vafot etdi. gazeta.uz »
Andijondagi to‘qqiz qavatli binoning oxirgi qavatidagi xonadonda gaz portladi. Ikki kishi jarohatlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov pod’ezd aholisini mehmonxonaga joylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tundan beri u yerda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar atrofidagi daraxt va butalarni, agar suv hisoblagichi bo‘lsa, kechayu kunduz sug‘orishga ruxsat berildi. Avvalroq Toshkentda yoz va bahorda shaxsiy tomorqani sug‘orish bo‘yicha qo‘yilgan cheklov bekor qilingandi. gazeta.uz »
Ko‘p qavatli uylarni boshqarish “Mening uyim” tizimi orqali raqamlashtirilmoqda. Kvartira uchun majburiy to‘lovlar faqat karta, ilovalar yoki bank kassasi orqali qabul qilinadi. Kvartira to‘lovi kechiktirilgani uchun penya joriy etiladi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Angren shahrida 4 qavatli binoda yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani xabar qilinmoqda. Bir yarim soatda bartaraf etilgan hodisa joyiga FVV rahbari ham bordi. gazeta.uz »
Qorako‘l tumanidagi 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz portladi. Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro jarohat oldi va shifoxonaga yuborildi. FVV halok bo‘lganlar yo‘q ekanini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Ko‘p qavatli binolar uchun klaster boshqaruv tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Huquqiy eksperiment 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan. Binolar ranglari bo‘yicha tasniflanadi. Aholi boshqaruv kompaniyalarini “Mening uyim” tizimida ovoz berish orqali tanlaydi. BKlar uchun yangi talablar joriy etiladi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda qurilishi boshlangan ko‘p kvartirali uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish, balandligini oshirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish, ekspertizadan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi. gazeta.uz »
Toshkentdagi ko‘p kvartirali uylarda o‘rnatilgan 9147 ta lift tekshirilib, jami 37 103 ta kamchilik aniqlandi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hududiy boshqarmasi, shuningdek, poytaxtdagi qurilish obyektlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va attraksionlarda ham bir qator kamchiliklarni aniqladi. gazeta.uz »
Toshkent prokuraturasi Bog‘saroy mahallasi aholisining Grand Mir mehmonxonasini buzilishi va o‘rnida 30 qavatli markaz qurilishiga qarshi murojaatiga javob berdi. Loyiha Arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilmagan, bosh rejaga ko‘ra hududda besh qavatdan baland bino qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. gazeta.uz »
Olmazor tumanida ayol 1 va 3 yoshli o‘g‘illarini 4-qavatdan, so‘ngra o‘zini 8-qavatdan tashladi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi, bolalarning hayoti saqlab qolingani aytilmoqda. Bosh prokuraturaga ko‘ra, voqeaga er-xotin o‘rtasidagi rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uyning seysmik chidamliligi tekshirildi: 87 foizi me’yorlarga mos keladi, 1200 dan ortiq obyekt qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. 396 ta bino materiallari organlarga yuborildi, noqonuniylarini buzish bo‘yicha 200 ta da’vo kiritildi, 100 dan ortig‘i allaqachon buzildi. gazeta.uz »
Toshkentda ikki shaxs fuqaroga mansabdor tanishlari orqali ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat olib berish uchun $900 ming so‘raganlikda gumonlanmoqda. Ular puldan 220 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan biri hududida yer cho‘kishi sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Qurilish inspeksiyasi bino inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tmagani va qurilish ishlari noqonuniy boshlanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Olmaota shahrining yuqori (tog‘li) qismida ko‘p qavatli turar joy majmualari qurish va muayyan qurilishlarni amalga oshirishga moratoriy joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »
Samarqandda 10 yil davomida hujjatsiz qurilgan 12 qavatli noodatiy binoni buzish boshlandi. Qurilish vazirligi bino seysmik chidamlilik talablariga javob bermasligini ta’kidladi. Tadbirkor yig‘lab prezidentga murojaat qildi. gazeta.uz »
Kadastr agentligi vakili ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi. “U yer barcha fuqaroga tegishli. Uni kimdir o‘rab olishi yoki undan foydalanishi qat’iyan man qilinadi”, - dedi kadastr vakili. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 14 mingdan ziyod 4 qavatli, 7,5 mingta 5 qavatli uylar mavjud. Hozirda ularga lift o‘rnatish bo‘yicha dastur tayyorlanmoqda, buning uchun xorij tajribasi ham o‘rganildi. “Nogironligi bor shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda, ayni paytda taklif ishlab chiqyapmiz”, - deydi vazirlik vakili. gazeta.uz »
“Yuksalish” o‘rganishlari natijasida ko‘p qavatli uylarni boshqarish sohasida ko‘plab kamchiliklar aniqlandi: yuzdan ortiq binolar bir kompaniya tasarrufiga o‘tkazilgani, xizmat ko‘rsatish sifati pastligi yoki uning ko‘rsatilmasligi, hisobdorlikning yo‘qligi va badallar miqdorini belgilashda qonunga rioya qilmaslik. gazeta.uz »
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida 3 qavatli savdo do‘konida yong‘in yuz berdi. O‘t o‘chiruvchilar uni 7 ta texnika yordamida bir soatda o‘chirdi. Hududning 280 kv.m maydoni yonib ketdi. gazeta.uz »
Davaktiv Toshkentning Mirobod tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” bozori (“Risoviy” nomi bilan mashhur) filialining bino va inshootlarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Uning o‘rnida ekobozor, do‘konlar, kinoteatrlar, bolalar maydonchalari, fitnes va biznes markazidan iborat 6 qavatli savdo majmuasini qurish reja qilinmoqda. gazeta.uz »
Yangiyo‘l tumanidagi 5 qavatli uylarning birida gaz portladi. Oqibatda ikki kishi 60 foiz kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi, 3 ta qavatdagi xonadonlarning oynalari sindi. Tuman hokimligiga ko‘ra, uy to‘liq bitkazilib topshirilmagani sababli bu yerda boshqa fuqarolar yashamaydi. gazeta.uz »
Prezident 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chirilishini ma’lum qildi. Ushbu hududlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi. gazeta.uz »
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda chaqnash sodir bo‘ldi. FVBga ko‘ra, 5 nafar fuqaro qutqarilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Video. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uydagi xonadon oshxonasida gaz portlashi oqibatida 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
1-maydan boshlab O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish jarayoni “Shaffof qurilish” orqali onlayn rejimga o‘tkazilib, soddalashtiriladi. Majburiy xulosalar soni ikkitagacha qisqartiriladi. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida turar joy, biznes markazi va mehmonxonadan iborat uchta ko‘p qavatli bino qurilishi mumkin. Xorijiy investor loyihani tuman hokimi Nilufar Allabergenovaga taqdim etdi. gazeta.uz »
Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Hodisani ko‘rgan fuqarolar uni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularga quloq solmagan. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin. Bu davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. gazeta.uz »
Dala chetlari, shaxsiy tomorqalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, urug‘ va ko‘chat tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi Yunusobod bozori o‘rnida ekobozor, savdo markazi, ofislar, yerosti avtoturargohi, tomida restoranlar va yashil hudud mavjud bo‘lgan uch qavatli majmua quriladi. Prezident bozor uzluksiz ishlashi uchun qurilishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto. gazeta.uz »
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi. gazeta.uz »
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida metropoliten xodimlariga ijtimoiy uylar qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunyod etilayotgan to‘rtta 7 qavatli uylarda 416 ta xonadon bo‘ladi. “Uysiz xodimlar, ya’ni asosan, tizimda ko‘p yildan beri ishlab kelayotgan va yosh oilalarga beriladi”, - dedi metropoliten rasmiysi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q. gazeta.uz »
Prezident 2024-yil oxirigacha 2 trln so‘mlik ishlarni bajarish, jumladan, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »
Buxoro shahrida ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullangan “Humo Aziya” MCHJ rahbari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shaharning Islom Karimov va Sadriddin Ayniy ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan Tergov bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raldi. gazeta.uz »
Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. gazeta.uz »
Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yashnobod filiali o‘rnida 21 qavatli bino qurish reja qilinmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni bank rahbari kiritgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidentining aytishicha, xorijiy investorlar Yunusobod dehqon bozoriga 40 million dollar sarmoya kiritish va uni yer ostida ikki qavat, yer ustida olti qavatli bozorga aylantirishni taklif qilgan. gazeta.uz »
“Toshkentning yer o‘ta cheklangan sharoitida bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur”, - dedi prezident. U yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi. gazeta.uz »
Nukus shahrining “Gulzor” mahallasida aholi noroziligiga qaramay, futbol maydonchasi o‘rnida turar joy binosi qurilishi boshlandi. O‘tgan yili shahar hokimligi ushbu mahallani namuna sifatida ko‘rsatgandi. gazeta.uz »