Ðåçóëüòàòîâ: 176

Chiqindi, suv va emissiyalarni qanday qilib resurslarga aylantirish mumkin? TXIF ekspertlari — O‘zbekistonda sirkulyar iqtisodiyot haqida

Foydalanilgan suv, chiqindi va emissiyalarni resurslarga aylantirish mumkin. Bu ham biznes uchun, ham atrof-muhit uchun foydali. Bunday qayta ishlashga o‘tish uchun O‘zbekistonga qanday choralar kerak va bu yo‘lda qanday to‘siqlar bor? Gazeta TXIF ishtirokchilari - xalqaro ekspertlarning fikrlarini keltiradi. gazeta.uz »

2026-6-22 10:45

Suv iqtisodiy resurs sifatida. Mintaqadagi suv inqiroziga qarshi qanday kurashish kerak? TXIF ekspertlari fikri

MOda suv inqirozi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy muammo ham. Suv tanqisligi kuchaygani sari unga bo‘lgan talab ham ortmoqda. TXIF ekspertlari mintaqa darajasida qishloq xo‘jaligini yuritish va resurslarni boshqarishga bo‘lgan yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida nima deydi - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-6-20 07:29

Suv inqirozi mintaqa unga moslashayotganidan tezroq rivojlanmoqda — Termiz muloqoti ekspertlari suv xavfsizligi haqida

Toshkentda Termiz muloqoti doirasida iqlim barqarorligiga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar mintaqa iqlim o‘zgarishiga moslashishga ulgurmayotgani, umumiy daryolarni boshqarishni samaraliroq tashkil etish va Afg‘onistonda suv resurslarini boshqarishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish haqida so‘z yuritdi. gazeta.uz »

2026-6-9 16:11

Quyi Amudaryo havzasi uchun suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Quyi Amudaryoda suv resurslarini boshqarishning ma’muriy tizimidan havza tamoyiliga o‘tishni maqsad qilmoqda. Bunday yondashuv barcha suv iste’molchilarining manfaatlarini, tabiiy ekotizimlar holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, kommunal soha ehtiyojlarini inobatga olish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-6-3 14:20

“Bu nima degan ahvol?” Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi, hokim tizimli choralar ko‘rishni topshirdi

Samarqandda kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Viloyat hokimi Adiz Boboyev vaziyatni joyida o‘rganib, suv yo‘llarini tozalash va inventarizatsiya o‘tkazishni topshirdi. “Shunaqa holat qayta bo‘lmasligi uchun, qancha mablag‘ kerak bo‘lsa ham, ishlarni qayta ko‘rib chiqamiz”, - dedi hokim (video). gazeta.uz »

2026-5-23 17:11

Suv va ichimliklarni markirovkalash tizimidagi agregatsiya bir yilga kechiktirildi

O‘zbekistonda suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatsiyani joriy etish muddati bir yilga - 2027-yilning 1-apreligacha uzaytirildi. Bozor ishtirokchilari sohaning bunga tayyor emasligi, mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagani va umuman, jarayonning keraksiz ekanini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2026-5-20 20:36

“Ekotizimlar uchun suv deyarli qolmayapti”. Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari — O‘zbekiston suv resurslari uchun xatarlar haqida

O‘zbekiston suvining qariyb 80 foizini yuqori oqimdagi davlatlardan oladi, resurslarning 90 foizi esa qishloq xo‘jaligida ishlatiladi, dedi ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari. U Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali va Tojikistondagi Rog‘un GESining daryolar rejimiga ta’sirini ham qayd etdi. gazeta.uz »

2026-5-8 15:54

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni markirovkalash tizimida agregatsiyani joriy etish kechiktiriladi, jarimalar kamaytiriladi

Prezident suv va alkogolsiz ichimliklarni markirovkalash tizimida agregatsiya mexanizmini kechiktirishni qo‘llab-quvvatladi: yirik ishlab chiqaruvchilarning yarmi yangi talablarga tayyor emas. Jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi, umumiy ovqatlanish va savdo uchun tushumga bog‘liq bo‘lmagan, qat’iy summalar belgilanadi. gazeta.uz »

2026-5-6 08:33

“Chorsu” metro bekati kirish qismi suv ostida qolgach, drenaj tizimini tiklash ishlari boshlandi

“Chorsu” metro bekati kirish qismini suv bosgach, Toshkent shahri hokimligi avtoturargohlar qurilishida to‘sib qo‘yilgan drenaj tizimini tiklashni boshladi. Yog‘ingarchilik hisoblangan miqdordan ikki baravar kam bo‘lishiga qaramay, tizim suvni nazorat qila olmadi. Shahar hokimi voqea joyiga ikki marta kelib ketdi. gazeta.uz »

2026-5-4 20:04

Prezident Quvadagi suv ombori hududida qurilayotgan turizm maskanini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Quvadagi “Karkidon” suv ombori hududida qurilayotgan 635 mlrd so‘mlik turizm maskanini ko‘zdan kechirdi. 508 gektar maydonni egallagan majmuada 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, agroturizm majmuasi, gullar bog‘i, lavandazor, ekobozor, sokin hududlar va restoranlar tashkil etilgan. gazeta.uz »

2026-4-27 18:19

“Muammo suv yetishmasligida emas, uni boshqarishda”. Ekspertlar — MO suv resurslarining istiqboli haqida

Iqlim o‘zgarishi, infratuzilma eskirishi va MOda aholi soni o‘sishi suvdan foydalanish masalasini milliy xavfsizlik darajasiga chiqarmoqda. Toshkentda ekspertlar asosiy xavf-xatarlarni muhokama qilib, mintaqadagi suv tanqisligini bartaraf etish choralarini taklif etdi. Munozaralar obzori - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-4-3 01:24

“Muammo suv yetishmasligida emas, uni boshqarishda”. Ekspertlar — MO suv resurslarining kelajagi haqida

Iqlim o‘zgarishi, infratuzilma eskirishi va MOda aholi soni o‘sishi suvdan foydalanish masalasini milliy xavfsizlik darajasiga chiqarmoqda. Toshkentda ekspertlar asosiy xavf-xatarlarni muhokama qilib, mintaqadagi suv tanqisligini bartaraf etish choralarini taklif etdi. Munozaralar obzori - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-4-3 01:24

Asl Belgisi UzBev’ning suv va ichimliklarni raqamli markirovkalash bo‘yicha bayonotiga javob berdi

Asl Belgisi suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatsiyalashni joriy etish bilan bog‘liq xatarlar yuzasidan tarmoq uyushmasi UzBev’ning murojaatiga javob berdi. U iqtisodiyot shaffofligi tamoyillarini birgalikda himoya qilish va iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-3-25 10:47

O‘zbekistondagi yangi quriladigan uylarda suv hisoblagichlarni o‘rnatish 2027-yildan majburiy bo‘ladi

2027-yildan O‘zbekistondagi yangi ko‘p kvartirali uylarni qurish loyihalarida “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish majburiy etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Xonadonlarga kiradigan suv ta’minoti tarmoqlarida bittadan ortiq bo‘lmagan hisoblagich o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. gazeta.uz »

2026-3-5 19:20

Xorazmni zamonaviy qiyofaga keltirish, yo‘l va suv infratuzilmasini yaxshilashga 1 mlrd 600 mln dollar ajratiladi

Xorazm viloyati shahar va tumanlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, yo‘l va suv infratuzilmasini yaxshilashga 1 mlrd 600 mln dollar ajratiladi. Prezident Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Tuproqqal’a, Xiva va Urganch shaharlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirishni topshirdi. gazeta.uz »

2026-3-4 08:07

O‘zbekiston suv va salqin ichimliklar uchun chet el raqamli markirovka kodlarini tan oladi

1-iyundan O‘zbekiston va hamkor davlatlar o‘rtasida suv va salqin ichimliklar uchun raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish joriy etiladi. Soliq qo‘mitasi axborot almashish talablarini belgilaydi, kodlar elektron hisobvaraq-faktura va cheklarda aks etadi. Ma’lumotlar “Asl belgisi” tizimida saqlanadi. gazeta.uz »

2026-2-16 10:14

Sea Breeze loyihasi oqova va ichimlik suv tizimlari hamda Chorvoq va Toshkentga qanday ta’sir qiladi?

Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova va ichimlik suv tizimlari 2027-yil yakunigacha qurilishi aytilmoqda. Majmuaga Chorvoq suv omboridan yiliga 10 mln kub metr suv olish ko‘zda tutilyapti. “Loyiha Toshkent aholisi ichimlik suviga ta’sir qilmaydi”, - dedi Toshkent viloyati hokimligi vakili. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-2-16 02:33

“Suvxo‘jaliknazorat” suv sarfini kuzatish uchun bodi-kamera va dronlar bilan jihozlanadi

1-martdan “Suvxo‘jaliknazorat” inspektorlari suvdan foydalanish qoidalari buzilishini kuzatish uchun bodi-kamera va dronlar bilan jihozlanadi. Guruch ekiladigan va baliq xo‘jaliklari mavjud yerlarda “aqlli” suv hisoblagichlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Vazirlik yiliga 5 mlrd kubometrgacha suv tejamoqchi. gazeta.uz »

2026-2-7 19:22

2028-yilga qadar O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni sug‘oriladigan yerlarning 80 foizida joriy etish rejalashtirilmoqda

2028-yilgacha suv tejovchi texnologiyalar sug‘oriladigan yerlarning 80 foizida joriy etiladi. Bu yiliga 3,5 mlrd kub metr suv tejashga xizmat qiladi. Subsidiya va soliqlar yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab belgilanadi, sohaga 744 mln dollar kredit jalb etiladi. gazeta.uz »

2026-2-5 14:04

Markaziy Osiyo mamlakatlari suv va yer resurslarini barqaror boshqarish loyihalarini ishga tushirdi

Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasini sekinlashtirish, bioxilma-xillikni kamaytirish, suv va yer resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha mintaqaviy dastur ishga tushirildi. U asosiy daryolar havzalari, shuningdek, inson va iqlim bosimiga uchraydigan yaylovlar, cho‘llar, dashtlar va tog‘li hududlarni qamrab oladi. gazeta.uz »

2025-12-2 13:37

Yashil iqlim jamg‘armasi MO va Janubiy Kavkazning suv resurslari va muzliklarini himoyalashga 250 mln dollar ajratdi

Yashil iqlim jamg‘armasi Osiyo taraqqiyot bankining “Muzliklardan fermer xo‘jaliklariga” dasturiga 250 mln dollar ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar muzliklarning tez erishiga eng zaif bo‘lgan 9 mamlakat, jumladan, O‘zbekistonda barqaror suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi tizimlarini yaratishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-29 14:46