Ðåçóëüòàòîâ: 127

“Biz hammasini yaxshilashimiz kerak”. Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev — O‘zbekiston JCHdan chiqib ketganidan so‘ng

O‘zbekiston jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCHda jamoa umuman boshqa temp, jismoniy kuch va o‘yin sifatiga duch kelganini aytdi. Unga ko‘ra, endi o‘zbek futbolining intiladigan maqsadlari bor. Igor Sergeyev esa jamoa “jahon chempionatiga tasodifan kelib qolmaganini isbotlashi kerakligini” alohida ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-6-28 13:44

“Yevropa ma’ruzalar o‘qish uchun kelmasligi kerak”. YeI Markaziy Osiyoga nima taklif qilmoqda va buning evaziga nima istaydi?

TXIFning YeI va MO hamkorligiga bag‘ishlangan sessiyasida mintaqa uchun raqobat, energetika tarmoqlari, muhim xomashyo va loyihalar sifati haqida so‘z yuritildi. Asosiy xulosa shuki, Yevropa tezroq bayonotlardan investitsiyalarga o‘tishi, mintaqa esa pulni ishonib topshirish mumkin bo‘lgan loyihalarni tayyorlashi kerak. gazeta.uz »

2026-6-20 13:47

“Kimlarningdir manfaatiga ishlaydigan hujjatga aylanmasligi kerak”. Ekspertlar — renovatsiya qonuni haqida

Ikki yildan buyon muhokama qilinayotgan renovatsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. U avariya holatidagi uylarni buzish va qayta qurish tartibini belgilaydi. Mutaxassislarga ko‘ra, mulk huquqi saqlanadi, biroq mulkdorlar o‘z manfaatini sudda faolroq himoya qilishiga to‘g‘ri keladi. Gazeta’da qaror muhokamasi. gazeta.uz »

2026-6-19 14:21

O‘zbekiston pensiya tizimini yaratishda Yevropa xatolarini takrorlamasligi kerak — YeTTB

O‘zbekiston sug‘urta sohasi, pensiya jamg‘armalari va kapital bozorlarini rivojlantirishi zarur, deb ta’kidladi YeTTB vakili Fransis Malij. Unga ko‘ra, yirik investorlar odatda xorijiy boshqaruvchilar hisobiga bozor yaratishga urinilayotgan joyga emas, balki jonli bozor allaqachon mavjud bo‘lgan joyga keladi. gazeta.uz »

2026-6-17 14:07

“Inson o‘zini tashlab qo‘yilgandek his qilmasligi kerak”. O‘zbekistonda palliativ va hospis yordami assotsiatsiyasi ochildi

O‘zbekistonda palliativ va hospis yordami assotsiatsiyasi ochildi. Uning birinchi loyihasi Litva, Ruminiya va Rossiya ma’ruzachilari ishtirokida 50 nafar mutaxassis uchun ta’lim dasturi bo‘ldi. Kelgusida mamlakat bo‘ylab tibbiy brigadalarni tashkil etish va E-Palliative platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-2 13:52

Xalqaro energetika sohasiga ayol kadrlar kerak. Qizlarning turdosh fanlarga bo‘lgan qiziqishini qanday oshirish mumkin?

Ayollar STEM yo‘nalishlari bitiruvchilarining katta qismini tashkil etsa-da, energetika sohasidagi texnik va rahbarlik lavozimlarida hamon yetarlicha namoyon bo‘lmayapti. Ekspertlar qizlarning turdosh fanlarga qiziqishini oshirish va ayollarni texnik lavozimlarda qo‘llab-quvvatlash yo‘llari haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-5-22 10:27

“Bolalar himoyasi geosiyosiy ixtiloflardan ustun bo‘lishi kerak”. YIning O‘zbekistondagi elchisi kolonkasi

YIning O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar o‘z kolonkasida Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha xalqaro koalitsiya faoliyati haqida so‘z yuritdi. U nizolardan so‘ng bolalarni reintegratsiya qilish tajribasiga ega bo‘lgan davlatlarni ushbu koalitsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-5-13 07:26

SI aviatsiyaga nega kerak va u soha iqtisodiyoti hamda raqobat qoidalarini qanday o‘zgartirmoqda? Boston Consulting Group bilan intervyu

Sun’iy intellekt allaqachon aviakompaniyalarga daromadni oshirishga yordam bermoqda. Ular SI imkoniyatlarini qanday qo‘llayapti, uni joriy etishda qaysi omil va xavflarni hisobga olish kerak, qaysi xalqaro tajriba O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkin? Shular haqida Gazeta BCG ekspertlari bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:46

O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar koordinatori yoki katalizatori bo‘lishi kerak — Jamshid Xodjayev

“Markaziy Osiyoning qoq markazida” joylashgan O‘zbekiston mintaqaviy loyihalar muvofiqlashtiruvchisi yoki katalizatori bo‘lishi kerak, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Bunday yondashuv xatarlarni taqsimlash va yirik energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun jozibador qilish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:13

“Tartib bo‘lishi kerak”. Oliy ta’lim vaziri talabalarning kiyim-bosh masalasi haqida

O‘zbekistondagi har bir OTM talabalar uchun kiyim-bosh bo‘yicha o‘z ichki tartib-qoidasini ishlab chiqqan, muassasa rahbariyati buni talab qilishga haqli, dedi Kongratbay Sharipov. Unga ko‘ra, OTMlar orasida o‘z kiyim brendini yaratish ommalashmoqda. “Kiyinish masalasida tartib bo‘lishi kerak”, - dedi vazir. gazeta.uz »

2026-4-15 14:05

“Mas’ul vazirliklar yoqasidan olishi kerak”. JST bo‘yicha prezident vakili Azizbek Urunov adolatsiz raqobatchilar haqida

JST bo‘yicha vakil Azizbek Urunov tovarlar narxini sun’iy pasaytirib, adolatsiz raqobat qilayotgan tadbirkorlarga nisbatan mas’ul vazirliklar chora ko‘rishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach, xufiyona iqtisodiyot kamayishini, mamlakatlar bozorni ochishdan manfaatdor ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:23

“Tabiat gapirmaydi, lekin biz uni tushunishimiz kerak” — ekofaol Feruzbek Sayfullayev

Besh yil avval ekofaol Feruzbek Sayfullayev ishlatilgan batareyalar chiqindi poligonlariga tushmasligi uchun ularni yig‘a boshlagandi. So‘ngra uning tashabbusi mamlakat bo‘ylab 170 ta yig‘ish shoxobchasidan iborat tarmoqqa aylandi, xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilish masalasiga esa biznes va davlat ham qo‘shildi. gazeta.uz »

2026-2-1 09:16

“Yagona norozilik notasi berish kerak”. Jamoatchilik — rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoda ham “harbiy operatsiya” o‘tkazish taklifi haqida

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bo‘lgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham “maxsus harbiy operatsiya” boshlashi kerakligi haqida gapirdi. Jamoatchilik rasmiylardan qat’iy munosabat bildirishni so‘rab, MO davlatlari birgalikda nota berishi kerakligini ta’kidlamoqda. gazeta.uz »

2026-1-12 12:25

“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘zlar va qo‘llar kerak”. Saida Mirziyoyeva — o‘z tayinlovi haqida

Saida Mirziyoyeva o‘zining administratsiya rahbari etib tayinlanishini prezidentga joylardan real ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash zarurati bilan bog‘ladi. Prezidentning asosiy maqsadi har bir o‘zbekistonlik hayotini yaxshilashdan iborat, dedi u. “Bizning administratsiyamiz faqat shu maqsadni ko‘zlaydi”. gazeta.uz »

2026-1-2 08:00

“Sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman”. Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi

Prezident qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashuvda ishlar natijadorligi va ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. Prezident bu sektorda 3,5 mln dan ziyod aholi mehnat qilayotgani, sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorligi, ammo bunda ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-12-10 15:54

Kelajak maktablarida nimalar o‘qitilishi kerak? Xorijiy ekspertlar va ta’lim vazirlari fikrlari

Sun’iy intellekt va iqlim inqirozlari davrida yosh avlod yashashi va rivojlanishi uchun ta’lim qanday bo‘lishi kerak? Samarqandda o‘tgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida xorijiy davlatlar ta’lim vazirlari va ekspertlari ushbu savolga javob izladi. Gazeta muhokamaning asosiy tezislarini e’lon qiladi. gazeta.uz »

2025-11-17 11:06

“Hayotning hamma ne’matlaridan bahramand bo‘lish kerak” — Shimoliy qutbga borgan toshkentlik o‘quvchi qiz

Toshkentlik 16 yoshli Alina Chembayeva atom muzyorarida to‘qqiz kun vaqt o‘tkazib, Shimoliy qutbda bo‘ldi. O‘quvchi qiz Gazeta bilan suhbatda xalqaro ekspeditsiyadagi ishtirokidan keyingi taassurotlar bilan o‘rtoqlashdi va bu tajriba uning kelgusidagi rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi. gazeta.uz »

2025-10-9 11:15

“Sotsiolog va seksologni ham jalb qilish kerak”. Svetlana Artikova — zo‘ravonlikka qarshi kurash haqida

2025-yilning 8 oyida oiladagi zo‘ravonlik 3 foizga, voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish esa 36 foizga ortgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikovaga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etilganida, mahalla yettiligi sotsiolog, seksolog kabi mutaxassislarni ham jalb qilishi kerak. gazeta.uz »

2025-9-14 20:57

“Menga ochko olish uchun ishlaganlaringiz kerak emas”: Samarqand viloyati rahbari qo‘l ostidagilarni dam olish kunlari ishlamaslikka chaqirdi

Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev tumanlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga dam olish kunlari ishlamaslik va xodimlarni ishga chaqirmaslikni tayinladi. “Bozor kuni hammani ishga chaqirib, ishlaganga o‘xshatib ochko olishingiz menga kerak emas. Dam olish kuni hamma uyida damini olsin”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-3 17:47

“Yana qanday sharoit kerak bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyorman”. Prezident — biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida

Bog‘cha qamrovi past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga 30 yil muddatga ijara to‘lovisiz yer, 18 foizli kredit va xarajatlar uchun subsidiya kabi yengilliklar beriladi. Prezident, shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaning tibbiyot markaziga aylantirish rejalarini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-8-27 12:37

Jarima to‘lash qonunga amal qilishdan foydaliroq bo‘lmasligi kerak — vazirlik norasmiy bandlikka jarima haqida

O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilar BHMning 30 baravari miqdorida jarimaga tortilishi rejalashtirilmoqda. Bandlik vazirligi bu yo‘nalishda bir qator yengilliklar berilayotgani fonida qonun buzish jarima to‘lashdan foydaliroq bo‘lib qolmasligini kerak deb hisoblamoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 13:57