Toshkentda havo keskin ifloslanganda aholi SMS va OAV orqali ogohlantiriladi
Poytaxtda havo keskin ifloslanganda aholini SMS, OAV va raqamli platformalar orqali xabardor qilish tizimi joriy etiladi. Zarurat tug‘ilganda ommaviy tadbirlar va maktablardagi ochiq havodagi mashg‘ulotlar cheklanishi, davlat tashkilotlarining ish tartibi o‘zgartirilishi yoki masofaviy ishga o‘tkazilishi mumkin. gazeta.uz »

