Ðåçóëüòàòîâ: 165

“Mashinaga egalik qilish qimmat, nega yana ko‘chadagi parkovka uchun ham to‘lashim kerak?” — Poytaxt Parking operatori javoblari

Toshkentda pulli avtoturargoh tizimining joriy etilishi hali ham haydovchilar orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Gazeta haydovchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan sakkizta savolni Poytaxt Parking operatoriga yo‘lladi. Kompaniyaning javoblari e’tiboringizga havola qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-1 20:06

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo qilish uchun logistika imkoniyatlarini qanday kengaytirmoqchi?

Transport yo‘laklarining tirbandligi, jumladan, Sariag‘ash-Toshkent yo‘nalishidagi yuklama Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanishi o‘sishini cheklamoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangaringa ko‘ra, marshrutlarni yengillatish maqsadida hozirda aylanma yo‘l va yangi temiryo‘l tarmog‘i qurilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-24 18:12

Fanlar akademiyasi dendrologiya bog‘i tashkil qilish uchun Toshkentga 190 gektar yer berdi — hokimlik

Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek tumanining Ulug‘bek shaharchasidagi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy ravishda voz kechdi, shundan so‘ng ushbu hudud shahar zaxirasiga o‘tkazildi. Mazkur maydondan “Toza havo” dasturi doirasida dendrologiya bog‘ini barpo etish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-13 14:52

O‘zbekistonda jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Deputatlar jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va odam o‘limiga sabab bo‘ladigan ayrim ishlarni tergov qilish vakolatini prokuraturaga o‘tkazish haqidagi qonunni qabul qildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni nomusiga tegishda ayblangan mahbuslarni manzil-koloniyalarga o‘tkazmaslik ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-11 09:26

Rossiyada migrantlarni deportatsiya qilish asoslarini kengaytirish rejalashtirilmoqda

Rossiya Davlat dumasi xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Asoslar orasida internetda inson qadr-qimmati va jamiyat axloqini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish hamda Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish ham bor. gazeta.uz »

2026-4-9 17:49

Ekopartiya hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Iyundan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi. Biroq jazo baribir nomutanosib bo‘lib qolmoqda. Ekopartiya ushbu sohani tartibga solishga “tizimli va kompleks yondashuvni” ta’minlash maqsadida qonun loyihasini tayyorlayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-5 09:29

Tramp Eron energetikasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi; Pentagon Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tramp Tehron yaqin vaqt ichida kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hurmuz bo‘g‘ozini ochmasa, Eronning barcha energetika infratuzilmasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi. AQSh prezidentining ushbu bayonoti Pentagonning Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangradi. gazeta.uz »

2026-3-30 17:05

Prezident Yaqin Sharqdagi inqiroz sababli fuqarolarni evakuatsiya qilish va logistikani qayta ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi

O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni qaytarish uchun aviareyslarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, hukumat janubiy yo‘nalishdagi xavflarni inobatga olgan holda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda. gazeta.uz »

2026-3-2 12:28

Sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilish taklifi berildi

O‘zbekistonda sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilishni yo‘lga qo‘yish, sud tizimida komplayens nazorat tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Shuningdek, Sudyalar intizomiy hay’atini tashkil etish orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashning xolis tartibini yaratish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-12 15:02

Biometriya, blokirovka va sessiyalarni nazorat qilish. O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?

O‘zbekistonda bank va to‘lov tashkilotlari uchun yangi kiberxavfsizlik qoidalari kuchga kiradi. Ular JSHSHIRni tekshirish, hayotiylikni aniqlash orqali biometrik identifikatsiya, yangi qurilmadan kirganda kartalarni o‘chirish, qo‘ng‘iroq vaqtida ilovalarni bloklash, “aktiv sessiyalar” bo‘limi va boshqalarni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-1-21 13:15

Jahon banki O‘zbekistonga talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollar kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekiston uchun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. U talabalarni moliyalashtirish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan EduImkon dasturiga yo‘naltiriladi. Dastur 3 yil ichida 600 ming yoshlar uchun ta’lim kreditlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam berishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-12 08:04

Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun aldov yo‘li bilan shartnoma tuzdirilgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam berildi

O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyadagi tergov hibsxonasida RF Qurolli kuchlari safida xizmat qilish shartnomasiga aldov yo‘li bilan imzo chektirilgani aytildi. Murojaatdan so‘ng Sankt Peterburgdagi Bosh konsulxona ishga aralashdi va fuqaroning xizmat qilishga qarshiligi inobatga olinib, shartnoma tuzilmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-11-13 08:24

Prezident nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish kerakligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ajrimlarda farzandlar og‘ir ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzish afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi aytdi. Shuningdek, u oila qurish bu - nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-10-14 14:04