Ðåçóëüòàòîâ: 137

O‘zbekiston Albaniyaning Durres porti orqali Janubiy Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatini o‘rganadi

O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika habi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Ikki davlat rahbari agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va turizm sohalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-16 12:14

Andijon viloyatida Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Andijon viloyatida keshbek sifatida to‘langan 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uch fuqaro nomiga 9 ta kompaniya ochib, 1,1 trln so‘mlik tovar yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-2 10:47

O‘zbekistonda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini my.gov.uz orqali tasdiqlash va rad etish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini nazorat qilish jarayoni raqamlashtirildi. Endi fuqarolar my.gov.uz orqali o‘z nomiga kelayotgan yuklarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Tizim bojxona jarayonlarini tezlashtirish va begona shaxslar nomidan tovar yuborilishining oldini olishga qaratilgan. gazeta.uz »

2026-5-26 10:49

O‘zbekistonda marketpleyslar orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslar ham QQS to‘lashi belgilanmoqda

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, elektron savdo platformalari orqali O‘zbekistonga tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslarini QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etish belgilanmoqda. Senatda tegishli qonun ma’qullandi. gazeta.uz »

2026-5-18 13:23

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P orqali qabul qilingan tushumlarini tekshirmoqda

Soliq qo‘mitasi savdo bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda savdo amaliyotlari P2P - plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-5-13 08:20

O‘zbekistonda futbol o‘yinlari vaqtini o‘zgartirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish ko‘zlanmoqda

Prezident futbol o‘yinlarini kechki payt va dam olish kunlariga ko‘chirish orqali tomoshabinlar tashrifini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sportni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirish maqsadida stadionlar atrofida xizmatlarni rivojlantirish va muxlislar uchun maxsus turpaketlar yo‘lga qo‘yish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-4-8 09:39

O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarining yangi usuli — bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazish tizimi ishga tushdi

Markaziy bank turli banklar mijozlarining hisobvaraqlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalarni ta’minlovchi Account-to-Account (A-A) servisi ishga tushirilganini ma’lum qildi. Odatiy P2P o‘tkazmalaridan farqli o‘laroq, operatsiyalar kartaga bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2026-3-29 12:15

Sirdaryoda virusli ilova orqali fuqarolarning 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan yigit ushlandi

Sirdaryoda yashovchi fuqaro hududlardan 9 nafar shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. U ushbu shaxslarning akkauntlaridan foydalanib, virusli ilova orqali fuqarolarning telefonlariga zararli dastur yuborgan va jami 201 nafar fuqarodan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yechib olgan. gazeta.uz »

2026-3-28 09:10

1-apreldan O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil savdolari eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi

1-apreldan O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xarid qilishda hisob-kitoblar tartibi o‘zgaradi. Prezident farmoniga ko‘ra, bunday bitimlar naqdsiz shaklga o‘tkaziladi. Mablag‘lar eskrou hisobvaraqlarida saqlanib, bitim notarial tartibda rasmiylashtirilgandan keyingina sotuvchiga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2026-3-18 07:30

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Erondan Turkmaniston orqali tranzit bilan chiqayotgan vatandoshlarga yordam beradi

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani fonida O‘zbekiston TIV Erondan Turkmaniston orqali qaytayotgan o‘zbekistonliklar qo‘llab-quvvatlanishi haqida xabar berdi. Mamlakatning Ashxoboddagi elchixonasi xodimlari ularni Saraxsda kutib olib, keyingi tranzitni ta’minlaydi. gazeta.uz »

2026-3-2 17:41

Fuqarolar bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirishi mumkin bo‘ladi

Endi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin bo‘ladi. Aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatiladi. Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlardan qat’iy nazar deklaratsiyalanadi. gazeta.uz »

2026-3-2 15:52

MB Humans orqali ruxsatsiz pul yechib olish bo‘yicha shikoyatlardan so‘ng tekshiruv boshladi

MB fuqarolarning Humans tizimiga ulangan kartalaridan ruxsatsiz pul yechilgani haqidagi xabarlardan keyin tekshiruv boshladi. Regulyator ehtimoliy zaiflikni bartaraf etish maqsadida Humans bilan bog‘liq P2P amaliyotlarini vaqtincha to‘xtatdi, barcha shubhali tranzaksiyalar sinchiklab o‘rganilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2025-12-9 13:33

Toshkentda soliqdagi tanishlari orqali yordam berishni aytib, tadbirkordan 35 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya hisobchisi firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. U 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming AQSh dollari talab qilgan. gazeta.uz »

2025-10-28 07:45

O‘zbekiston va Yevroittifoq KSHHTBni imzolash orqali viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarga yo‘l ochdi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda readmissiya va viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandan so‘ng qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi. gazeta.uz »

2025-10-24 15:58