Ðåçóëüòàòîâ: 60

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident iqtisodiyotning energetikaga yuqori darajada bog‘liqligi sharoitida gidroenergetikani rivojlantirishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Hukumat energiya tizimining barqarorligini oshirish maqsadida gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-5-1 12:53

Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarning xorijiy kompaniyalar foydasiga amalga oshirilgan tranzaksiyalarini o‘rganmoqchi

O‘zbekiston banklaridan fuqarolarning so‘nggi uch yilda 83 ta xorijiy internet-kompaniyaga qilgan to‘lovlari haqida ma’lumot so‘raldi. Har bir operatsiya bo‘yicha sana va summa ko‘rsatiladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar QQS to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish uchun egasiz shaklda yig‘ilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 13:30

Octagram kartalardagi firibgarlik operatsiyalari Humans Companies’da amalga oshirilganini aytdi

Humans ilovasiga bog‘langan kartalardan ruxsatsiz to‘lovlar bo‘yicha ommaviy shikoyatlardan so‘ng ilova orqali to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi Octagram (Paylov brendi) kompaniyasi to‘lovlar Humans’ga taqdim etilgan shifrlangan kalitlar yordamida amalga oshirilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-12-9 18:44

Soliq qo‘mitasi norasmiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qildi

Soliq qo‘mitasi norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7522 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qildi. Biznes egalari o‘z kontragentlarining ishonchliligini qo‘mita saytida tekshirish imkoniga ega. Ro‘yxat muntazam ravishda yangilab boriladi. gazeta.uz »

2025-10-13 13:10

Probatsiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi

Ichki ishlar vazirining 20-avgustdagi buyrug‘i bilan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi. Yo‘riqnomada probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish, intizomiy jazo va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibi nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-25 15:00

Hukumat Chorvoqda Sea Breeze Uzbekistan loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. Asosiy ma’lumotlar

Hukumat Chorvoq suv ombori bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan kurort majmuasini qurish shartlarini tasdiqladi. Investor 577 gektar yerni 25 yilga arzonlashtirilgan narxda ijaraga olyapti va hujjatlarni tayyorlash bilan parallel ravishda qurilish ishlarini olib borishi mumkin. Daraxtlarni ko‘chirish ham ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-4 08:10

O‘zbekiston 2028-yilgacha 1,6 mlrd dollarlik muhim xomashyo loyihalarini amalga oshiradi

O‘zbekistonda 2028-yilgacha muhim xomashyo bo‘yicha qiymati $1,6 mlrd bo‘lgan 70 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu raqamlar mintaqada nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan MINEX Central Asia 2025 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2025-6-24 19:25

“Masalani hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”. TIV matbuot kotibi BAAdagi vaziyat haqida

TIV matbuot kotibi O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishda qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. “Muzokaralar fuqarolarimizning mamlakatga muammosiz kirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, masalani hal qilish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-6-5 15:19

O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi

Lotereya, bukmekerlik va internet orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sug‘urta bozori va lotereyalarni tartibga solish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi. gazeta.uz »

2025-4-17 11:59

Prezident Andijon viloyatida 2025-yilda amalga oshiriladigan rejalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi mo‘ljallangan maqsadlar bilan tanishdi. Viloyatda 5,7 mlrd dollarlik 166 ta investitsiya loyihasini amalga oshiriladi. Yil oxirigacha 305 ming kishining bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Iqtisodiy o‘sish 5,5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-4-15 15:57

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:16

31-iyuldan 5-avgustgacha elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin

Yangi HET Billing elektr energiyasini hisoblash tizimining ishga tushirilishi sababli 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust 22:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar qildi “HET”. Bu vaqt ichida elektr uchun to‘lovlarda uzilishlar bo‘lishi mumkin va qarzdor iste’molchilar ta’minotidan uzilmaydi. gazeta.uz »

2024-7-31 10:21

Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, - degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi. gazeta.uz »

2024-6-7 13:09