Ðåçóëüòàòîâ: 132

O‘zbekistonda dividend va obligatsiyalar bo‘yicha soliq imtiyozlarini 2038-yilgacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda aksiya, obligatsiya va yangi instrumentlar, jumladan, sukuk bo‘yicha soliq imtiyozlarini 2028-yildan 2038-yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. ILMA preferensiyalarning yanada uzoqroq muddatga belgilanishi fond bozoriga kiritiladigan investitsiyalar hajmini ko‘paytirishga yordam beradi, deb hisobladi. gazeta.uz »

2026-8-13 14:51

“Ishonchga soliq”. Iqtisodchilar — bank omonatlaridan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish taklifi haqida

Depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarga 5 foizli soliq solish taklifi bank tizimiga bo‘lgan ishonchga zarar yetkazishi, so‘mdagi jamg‘armalarga bo‘lgan qiziqishni pasaytirishi hamda mablag‘larning bir qismini valyuta, oltin va ko‘chmas mulkka yo‘naltirishi mumkin, deb hisoblamoqda iqtisodchi. gazeta.uz »

2026-8-5 07:41

O‘zbekistonda bank omonatlari bo‘yicha foizlarga 5 foizlik soliq joriy etish taklif qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi institut jismoniy shaxslar bank depozitlari bo‘yicha foiz daromadlarini 5% stavkada soliqqa tortishni taklif qildi. Tashabbus mualliflari hisob-kitoblariga ko‘ra, bu budjetga yiliga taxminan 1,4 trln so‘m keltirishi mumkin. Hozircha gap faqat taklif haqida ketmoqda. gazeta.uz »

2026-7-30 13:59

“Inflyatsiya — kam ta’minlangan oilaga qo‘shimcha soliq”. Prezident hokimlarni tanqid qildi

Prezident inflyatsiya va’da qilingan 3%dan yuqori bo‘lgani uchun hududlar rahbarlarini tanqid qildi. Shuningdek, u chorva mollari soni oshirib ko‘rsatilganiga e’tibor qaratib, go‘sht balansini qayta ko‘rib chiqish, importni yo‘lga qo‘yish va yil oxirigacha 100 ming qoramol va 150 ming qo‘y-echki olib kelishni topshirdi. gazeta.uz »

2026-7-24 12:33

Zangiotada soliq inspektori, Buvaydada elektr ta’minoti korxonasi muhandisi pora bilan ushlandi

Zangiotada soliq inspektori tadbirkordan 160 mln so‘mlik jarimani bartaraf qilib berish evaziga $1000 talab qilgan. Buvaydada esa elektr ta’minoti korxonasi muhandisi quyosh panellari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va mijoz topib berish uchun $5000 so‘ragan. Ikkalasi ham tezkor tadbirlarda ushlangan. gazeta.uz »

2026-7-14 07:32

Cheklar uchun soliq keshbeki budjetga tobora qimmatga tushmoqda. Uni lotereyalar bilan almashtirish taklif etilyapti

O‘zbekistonda cheklar uchun soliq keshbekidan voz kechish taklif qilindi. IMV huzuridagi institutga ko‘ra, bu mexanizm o‘zining dastlabki vazifasini bajardi - xaridorlarni fiskal cheklarni talab qilishga o‘rgatdi, biroq endi budjetga tobora qimmatga tushmoqda: 2026-yilda xarajatlar 1,8 trln so‘mga yetishi mumkin. gazeta.uz »

2026-7-8 17:45

Kolonka. E’lon qilingan soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi budjetga shu miqdorda daromad tushishini anglatmaydi

E’lon qilingan barcha soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinsa, budjet avtomatik tarzda bunga teng miqdorda daromad olmaydi. QQS misolida ko‘rish mumkinki, bunday “imtiyozlar”ning salmoqli qismi ayrim tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash emas, balki soliqning o‘z tuzilmasiga kiradi, deydi Abbosbek Jo‘rayev. gazeta.uz »

2026-6-25 13:32

“Bank sirini bekor qilmaydi”. Soliq qo‘mitasi — banklar bilan ma’lumot almashinuviga oid loyiha haqida

Soliq qo‘mitasi banklarning soliq organlariga ma’lumotlarni uzatish to‘g‘risidagi loyiha yangi vakolatlarni va fuqarolarning hisobvaraqlariga erkin kirish huquqini bermasligini ma’lum qildi. Hujjatda bir oyda BHMning 500 baravaridan yuqori bo‘lgan p2p tushumlari ma’lumotini avtomatik uzatish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-24 15:36

Imtiyozlardan past stavkalar sari: O‘zbekistonda navbatdagi soliq islohoti qanday bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonda amalda ikkita soliq tizimi yuzaga kelgan: umumiy stavkalarga asoslangan hamda imtiyozlar va maxsus rejimlar. Mutaxassis Behzodxon Alixonov bu istisnolar raqobatga qanday ta’sir ko‘rsatishi, islohotlarning keyingi bosqichi nima uchun biznesga teng sharoitlar yaratishi zarurligini tahlil qiladi. gazeta.uz »

2026-6-11 15:29

Soliq xarajatlari: nima uchun imtiyozlar budjet siyosatining bir qismi sifatida qaralishi kerak?

Soliq imtiyozlari biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qaraladi. Lekin iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ularning aksariyati budjet xarajatlaridir. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish instituti rahbari Abbosbek Jo‘rayev nega O‘zbekistonga soliq xarajatlari bo‘yicha shaffof hisobotlar zarurligi haqida. gazeta.uz »

2026-6-8 13:36

 Àíäèæàíå ðàñêðûëè ñõåìó õèùåíèÿ 35 ìëðä ñóìîâ ÷åðåç ïðèëîæåíèå Soliq

 Àíäèæàíñêîé îáëàñòè ïðàâîîõðàíèòåëüíûå îðãàíû âûÿâèëè êðóïíóþ ñõåìó õèùåíèÿ áþäæåòíûõ ñðåäñòâ ÷åðåç ìåõàíèçì êåøáýêà â ìîáèëüíîì ïðèëîæåíèè Soliq. Ïî äàííûì Äåïàðòàìåíòà ïðè Ãåíåðàëüíîé ïðîêóðàòóðå, óùåðá ãîñóäàðñòâó ñîñòàâèë 35,1 ìëðä ñóìîâ. nuz.uz »

2026-6-2 16:20

Andijon viloyatida Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Andijon viloyatida keshbek sifatida to‘langan 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uch fuqaro nomiga 9 ta kompaniya ochib, 1,1 trln so‘mlik tovar yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-2 10:47

Samarqandda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq tuman hokimi o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida fermerning 150 mln so‘mlik soliq qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘onda esa fuqaroni ishga joylashtirish uchun pul olgan sobiq tuman hokimi o‘rinbosari ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »

2026-5-19 11:01

Soliq organlari O‘zbekistondagi marketpleyslar tranzaksiyalari haqidagi ma’lumotlarni oladi

Marketpleyslar va internet platformalar Soliq qo‘mitasiga tovar aylanmasi va onlayn tranzaksiyalar ma’lumotlarini beradi. Shuningdek, loyihada norezident yuridik shaxslarni soliq hisobiga qo‘yish va soliq majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ularning internetdagi faoliyatini cheklash qoidalari ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-5-19 08:28

Sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan yerlar uchun soliq stavkalari oshirilishi mumkin

Prezident intensiv sanoatlashgan bog‘larni ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sohani rivojlantirishga oid bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, 12 oy davomida sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan maydonlar uchun yer va suv solig‘i stavkalarini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2026-5-14 20:23

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P orqali qabul qilingan tushumlarini tekshirmoqda

Soliq qo‘mitasi savdo bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda savdo amaliyotlari P2P - plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-5-13 08:20

O‘zbekistonda endi tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya asosiy qarz summasidan oshib ketmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlarning soliq qarzdorligi bo‘yicha penya miqdori asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi haqidagi norma joriy etiladi. Shuningdek, QQS to‘lovchisi guvohnomasi endi avtomatik tarzda to‘xtatilmaydi - bunday qaror soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-6 13:08

Xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, tibbiy jihozlar va maxsus avtotransportlar uchun bojxona imtiyozi uzaytiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga jalb etiladigan xorijlik shifokorlar uchun ijtimoiy soliq 1 foizga tushiriladi, shuningdek, tibbiyot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan tibbiy jihozlar, ehtiyot qismlar va maxsus avtotransport vositalari 2029-yil 1-iyunga import bojxona bojidan ozod etiladi. gazeta.uz »

2026-5-6 12:54

Tadbirkorlarga soliq imtiyozlari Soliq kodeksiga kiritilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat beriladi

Qonunosti hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari Soliq kodeksiga kiritiladi. O‘zgarishlar qabul qilinguncha O‘zbekiston tadbirkorlariga bu imtiyozlardan foydalanishga ruxsat beriladi, deb xabar qildi Soliq qo‘mitasi departamenti direktori Aziz Umirzoqov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha. gazeta.uz »

2026-5-6 07:34

“Bu bizning aybimiz”. Soliq qo‘mitasi raisi alkogol mahsulotlarini naqdsiz pulga sotish talabi qayta qo‘rib chiqilishini aytdi

O‘zbekistonda kafe, restoran va mehmonxonalarda alkogol mahsulotlari uchun naqdsiz pulda to‘lov qilish talabi qayta ko‘rib chiqiladi. “Bu bizning aybimiz, e’tiborsizligimiz. U bo‘yicha ishlayapmiz, yaqin kunlarda yechim beramiz. To‘g‘rilab beramiz”, - dedi Soliq qo‘mitasi raisi. gazeta.uz »

2026-4-23 15:51

XVJ yana O‘zbekistonda aksiz soliqlarini oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni taklif qildi

XVJ O‘zbekistonga aksiz soliqlarini oshirish va ayrim soliq imtiyozlaridan voz kechishni tavsiya qildi. Jamg‘armaga ko‘ra, bu choralar budjetga YAIMning bir necha foizigacha qo‘shimcha daromad keltirishi hamda aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-14 19:36

Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarning xorijiy kompaniyalar foydasiga amalga oshirilgan tranzaksiyalarini o‘rganmoqchi

O‘zbekiston banklaridan fuqarolarning so‘nggi uch yilda 83 ta xorijiy internet-kompaniyaga qilgan to‘lovlari haqida ma’lumot so‘raldi. Har bir operatsiya bo‘yicha sana va summa ko‘rsatiladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar QQS to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish uchun egasiz shaklda yig‘ilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 13:30