Ðåçóëüòàòîâ: 63

O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniya klinikalariga ishga taklif etilmoqda

Globogate dasturi doirasida 800 nafar o‘rta tibbiyot xodimi Germaniya klinikalariga ishga taklif etilmoqda. Dastur bepul bo‘lib, 10 oylik o‘qishdan so‘ng ishga joylashish imkoni beriladi. Maosh 1900 yevrodan boshlanib, keyin 2500 yevrogacha oshadi. Qabul ikki bosqichli tanlov asosida amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2026-4-16 09:50

“Teatr bu — taqdir”. Artistlar, pedagoglar va sahna orti xodimlari — DAKTdagi faoliyati, kasbining o‘ziga xos jihatlari va sahna sehri haqida

79 yil ichida DAKTda Yevropa klassikasi va milliy asarlar asosida spektakllar sahnalashtirildi. Muvaffaqiyatlar ortida nafaqat artistlar, balki parda ortida zahmat chekayotgan insonlar ham turibdi. Butunjahon teatr kuniga atab Gazeta sahna hayoti va sehrini ta’minlayotgan odamlar bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-3-27 17:10

“Mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi

Endilikda “mahalla yettiligi” xodimlari bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish taqiqlanadi. “Yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizim ishga tushiriladi. Tuman hokimlari yil yakuniga ko‘ra yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ni mukofotlash, ularga qo‘shimcha ustamalar berishni yo‘lga qo‘yadi. gazeta.uz »

2025-10-14 14:37

“Faqat adolat kutyapman”. Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlagan ayol ishi bo‘yicha sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlab, kaltaklagan ayol ishini ko‘rib chiqmoqda. Sudda audio-videoga ruxsat berilmadi. “Faqat adolat kutyapman… Hech qaysi ayolga bu kunni tilamayman, nohaqlikdan dodlab yig‘lamasin, ko‘chada yuzshuvut bo‘lmasin”, - dedi Gulira’no Qosimova. gazeta.uz »

2025-10-9 15:00

Prezident ta’lim xodimlari bilan muloqotda so‘zga chiqqan ikki qizni davlat idoralariga ishga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev o‘z takliflarini ilgari surgan 2 nafar qizni davlat idoralariga ishga taklif qildi. Ulardan biri maktabdagi maslahatchilarni grant takliflarini tayyorlash kurslarida o‘qitishni, ikkinchisi esa eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarga ingliz tilini o‘rgatish metodikasini taklif qildi. gazeta.uz »

2025-9-16 12:57

OHCHR xodimlari oliy komissarni G‘azodagi vaziyatni genotsid deb atashga undamoqda — Reuters

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari idorasi (OHCHR)ning 500 dan ortiq xodimi komissar Folker Tyurkni G‘azodagi urushni genotsid deb atashga chaqirmoqda. Ta’kidlanishicha, qoidabuzarliklarning ko‘lami va tabiati bu nomni berish uchun yetarli. Avvalroq G‘azo shahrida ocharchilik rasman tasdiqlangandi. gazeta.uz »

2025-8-28 15:57

Soliq, bojxona, bank xodimlari va tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ushbu guruh 3 yil ichida 8 ta soxta korxona tashkil etib, QQS summasini qaytarib olish orqali 24,5 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgan. gazeta.uz »

2025-3-5 08:45

Video: Samarqandda IIO xodimlari chaqaloqni hojatxona chuquridan qutqarib oldi

Nurobod tumanida IIO xodimlari hojatxonada tug‘ilib, uning chuquriga tushib ketgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. 3 kg 700 gramm tug‘ilgan bolaning hozirgi ahvoli yaxshi. Ta’kidlanishicha, ayol beshinchi farzandiga homilador bo‘lganini o‘zi payqamagan. “Tog‘da kiyikdek sakrab yurganman”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-3 13:26

Huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda huquq-tartibot xodimlarining xizmat vazifasi paytida olingan foto-videolarini ularni “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishga javobgarlik belgilandi. Bunday huquqbuzarlik BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-21 15:06

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yana qariyb 30 kg giyohvand moddani musodara qildi

DXX va IIVning “Qoradori” operatsiyasi ikkinchi bosqichi 28,8 kg giyohvand modda va 9421 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining musodara qilinishi bilan yakunlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 18 ta o‘qotar va 126 ta sovuq qurol aniqlab, qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxsni ushladi. gazeta.uz »

2025-2-10 14:51

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senat bir yildan ko‘proq muddatdan so‘ng huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi. Tegishli modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar 10 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-1-24 10:43

“Lokomotiv” — “Bunyodkor” o‘yini vaqtida IIB xodimlari uchrashuv komissarini bo‘linmaga olib ketdi

Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. gazeta.uz »

2024-10-24 20:42

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi

Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-9-4 15:23

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni qayta ishlash uchun qaytardi

O‘zbekiston Senati huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullamadi. Qonun loyihasini takomillashtirish va yakunlash uchun Senat va Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasi tuziladi. gazeta.uz »

2024-8-16 09:26

Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqadi

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirish ham ko‘rib chiqiladi. Yuqori palata mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqmagandi. gazeta.uz »

2024-8-14 15:00