Ðåçóëüòàòîâ: 31

O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar kamida 2028-yilgacha inflyatsiyadan tezroq o‘sadi

Kamida 2028-yilgacha O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlari yillik inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi. Shu bilan birga, keyingi uch yilda Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar qisqartirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-11-26 10:52

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi”. Transport vaziri — avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-19 09:26

“Kelasi yildan yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi” — transport vaziri avtobuslar elektron to‘lov tizimiga o‘tishi haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmasligini, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. Bunda bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-19 09:26

“Xodimlarning ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning muvaffaqiyatiga bog‘liq”. Enter Engineering — quruvchilarning ish haqi kechikayotgani haqida

Enter Engineering xodimlari ish haqi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda, Olmaliqdagi 3-MBF ishchilari uch oydan beri maosh olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya vaziyatga izoh berib, fevral oyi uchun maosh to‘laganini, ish haqi buyurtmachi oldida bajarilgan ishning natijasiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-8 13:43