Ðåçóëüòàòîâ: 1334

“Bunyodkor” Rivaldodan, “Andijon” esa “Lachi” klubidan qarzdorligi uchun transfer taqiqiga tushdi

FIFA “Bunyodkor” va “Andijon” klublariga transfer taqiqi qo‘lladi. “Bunyodkor” sobiq futbolchisi Rivaldo oldidagi qarzdorlik bo‘yicha navbatdagi to‘lovni amalga oshirmagani, Andijon esa Albaniyaning “Lachi” klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini bajarmagani sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. gazeta.uz »

2026-7-3 15:48

“Urushga borishdan bosh tortganim uchun jag‘imni sindirishdi”. Qashqadaryoda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan yigitning ozodligi 4,5 yilga cheklandi

Qashqadaryolik 26 yoshli fuqaro Rossiyaga ishlashga borib, janjal oqibatida 9 yilga qamalgan. Koloniyada Rossiya armiyasiga yollanib, urushga yuborilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, granata portlatib, o‘ziga jarohat yetkazgan va gospitaldan qochib O‘zbekistonga qaytgan. Unga 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-7-1 11:26

Avstraliya bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqini kuchaytiradi

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash qoidasiga amal qilmagan platformalar uchun jarima miqdorini 2 barobar oshirish taklif qilindi. Cheklovlar joriy etilsa ham, bolalarning aksariyati tarmoqlardan foydalanishda davom etayotgani choralarni kuchaytirishga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-6-30 17:17

O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga yollashda soliqlar 1 foizgacha kamaytiriladi

OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga to‘lanadigan daromad va ijtimoiy soliqlar stavkasi bir yil muddatga 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi hamda “Kafolatlangan birinchi qadam” to‘plamini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-30 14:58

Toshkent viloyatida yerga ruxsatnoma, Navoiyda ishga joylashtirish uchun pul olgan mansabdorlar ushlandi

Toshkent viloyatida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari 20 gektar davlat yeridan tabiiy chim ko‘chirib olishga ruxsat beruvchi hujjatlar uchun 2200 dollar olayotganda ushlandi. Navoiyda esa “Suv ta’minoti” tizimiga ishga kiritish evaziga 500 dollar olgan xodimlar qo‘lga olindi. gazeta.uz »

2026-6-30 10:47

2025-yilda O‘zbekistondan Shengen vizasi uchun arizalar ko‘paydi, ko‘p martalik vizalar esa kamaydi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda o‘zbekistonliklar Shengen vizasi uchun 61,3 mingta ariza topshirdi - bu bir yil oldingiga nisbatan 4,5 foizga ko‘p. Jami 50,5 mingta viza berildi, ma’qullash darajasi deyarli o‘zgarishsiz qoldi - 82,4 foiz. Rad etishlar ulushi biroz o‘sib, 16,3 foizni tashkil etdi. gazeta.uz »

2026-6-26 17:07

“OAV xalqimizni birlashtiradigan qudratli ma’naviy kuchga aylanishi uchun yordamga tayyorman” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida OAVni davlat va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik deb atadi. U milliy OAV xalqni umumiy manfaatlar asosida birlashtiradigan qudratli ma’naviy kuchga aylanishi uchun ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »

2026-6-26 15:48

O‘zbekistonda yirik loyihalar uchun import va mahalliy qurilish materiallarini xarid qilish shartlarini tenglashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident yirik loyihalarga import va mahalliy qurilish materiallari yetkazib berish uchun QQS bo‘yicha teng shartlarni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi. Sotuvda qiyinchilikka duch kelayotgan 457 ta korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun 50 mln dollar yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-6-25 18:24

O‘zbekiston va Germaniya Deutsche Bahn uchun kadrlar tayyorlash va TELC imtihonlari bo‘yicha loyihalarni ishga tushirdi

O‘zbekiston Germaniya bilan migratsiya bo‘yicha 2 mln dollarli ikkita loyihani ishga tushirdi. Ulardan biri Deutsche Bahn uchun 2500 nafar mutaxassis tayyorlash, ikkinchisi esa yiliga 30 mingdan ortiq kishi til imtihonlarini topshirishi mumkin bo‘lgan TELC imtihon markazlari tarmog‘ini tashkil etishni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-6-21 09:39

“Yevropa ma’ruzalar o‘qish uchun kelmasligi kerak”. YeI Markaziy Osiyoga nima taklif qilmoqda va buning evaziga nima istaydi?

TXIFning YeI va MO hamkorligiga bag‘ishlangan sessiyasida mintaqa uchun raqobat, energetika tarmoqlari, muhim xomashyo va loyihalar sifati haqida so‘z yuritildi. Asosiy xulosa shuki, Yevropa tezroq bayonotlardan investitsiyalarga o‘tishi, mintaqa esa pulni ishonib topshirish mumkin bo‘lgan loyihalarni tayyorlashi kerak. gazeta.uz »

2026-6-20 13:47

Koreyaga ishga yuborish uchun $90 ming olgan Migratsiya agentligi Farg‘ona filiali sobiq rahbari ushlandi

Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali sobiq rahbari 8 kishini Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Yangiqo‘rg‘onda esa 22 nafar fuqaroga Koreyadan ish topib berishni va’da qilib, 34,2 ming dollar va 79,3 mln so‘m olganlar ushlandi. Hududlarda yana shu kabi holatlar fosh etildi. gazeta.uz »

2026-6-19 08:51

Markaziy Osiyoda aviatsiya bumi: nega O‘zbekiston uchun hab maqomi hozircha kafolatlanmagan — BCG

O‘zbekiston Yevropa - Osiyo yo‘lagida aviatsiya habiga aylanish salohiyatiga ega, biroq hozircha mamlakatdagi tranzit tashuvlari ulushi atigi 3% ni tashkil etadi. BCG direktori Suresh Subudining ogohlantirishicha, Toshkentning hab maqomi hali kafolatlanmagan: qo‘shni davlatlar ham aeroport quvvatlarini kengaytiryapti. gazeta.uz »

2026-6-19 07:41

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik huquqidan 3 yilgacha mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Jarima 50 BHMgacha bo‘ladi, haydovchilar 3 yilgacha “prava"dan mahrum qilinadi. Hozir bunday holatlar odam tashish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha ko‘riladi, unda 2 BHM jarima ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-18 18:03

Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturining ikkinchi bosqichi uchun $150 mln miqdorida imtiyozli moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishini ma’qulladi. Dastur 2031-yilgacha oltita viloyatning 296 ta mahallasida yo‘llar, suv va elektr tarmoqlarini yaxshilashga xizmat qiladi. gazeta.uz »

2026-6-18 12:16

Toshkent investorlar va iqtidorlar uchun global poygada qanday g‘olib chiqishi mumkin? TXIF ekspertlari fikrlari

Toshkent o‘zgarishlar sur’ati bo‘yicha dunyo shaharlari uchligiga kirdi. Bu dinamikani ekologiyadan qulay jamoat makonlarigacha sohalarda hayot sifatini sezilarli yaxshilashga aylantirish mumkinmi? Nega shaharni rejalashtirishning an’anaviy vositalari bugun ishlamaydi? TXIF ekspertlari fikrlari. gazeta.uz »

2026-6-17 19:33

MB O‘zbekistonda kreditlar nima uchun qimmatligicha qolayotganiga izoh berdi

Kredit stavkalarini pasaytirish sekin va bosqichma-bosqich kechadigan jarayon, deya ma’lum qildi MB rahbari Timur Ishmetov. Unga ko‘ra, kredit stavkalari inflyatsiya, inflyatsion kutilmalar, resurs qiymati va moliyaviy risklarga bog‘liq, depozitlarning yuqori stavkalari kreditlar narxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. gazeta.uz »

2026-6-16 07:37

Namanganda maktab direktorligi uchun $8,5 ming olgan mansabdor ushlandi. U oldin ham shu kabi jinoyatda sudlangan

Namanganda maktab direktorligiga ishga joylashtirish uchun 8,5 ming dollar pora olgan viloyat MMTB shu’ba boshlig‘i ushlandi. U 2011-yilda ham xuddi shunday jinoyatlar uchun sudlangan. Qolaversa, Davlatobodda tadbirkorga bog‘cha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pul olgan bosh mutaxassis qo‘lga tushdi. gazeta.uz »

2026-6-15 14:39

MB bankomatlardan naqd pul yechishdagi muammolar uchun banklarni jarimaga tortishni boshlaydi

MB endilikda bankomatlar orqali naqd pul yechish bilan bog‘liq muammolarni iste’molchilar huquqlarining ehtimoliy buzilishi sifatida ham ko‘rib chiqmoqda. Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, regulyator avgust oyi boshidan bunday muammolarning ayrim holatlari uchun banklarni jarimaga tortishni rejalashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-15 14:12

MB 2027-yilda 5 foizlik inflyatsion targetga erishish uchun jiddiy xatarlarni ko‘rmayapti — Timur Ishmetov

MB rahbari 2027-yilda 5 foizlik inflyatsion targetga erishish uchun “keskin risklar” kuzatilmayotganini ma’lum qildi. U maqsadga erishish muddati bir necha bor qayta ko‘rib chiqilganini tan olib, risklar qatorida yuqori ichki talab, budjet xarajatlarining rejadan oshib ketishi va boshqa omillarni sanab o‘tdi. gazeta.uz »

2026-6-16 13:05

Markaziy bank 2027-yilda 5 foizlik inflyatsion targetga erishish uchun jiddiy xatarlarni ko‘rmayapti — Timur Ishmetov

MB rahbari 2027-yilda 5 foizlik inflyatsion targetga erishish uchun “keskin risklar” kuzatilmayotganini ma’lum qildi. U maqsadga erishish muddati bir necha bor qayta ko‘rib chiqilganini tan olib, risklar qatorida yuqori ichki talab, budjet xarajatlarining rejadan oshib ketishi va boshqa omillarni sanab o‘tdi. gazeta.uz »

2026-6-15 13:05

O‘zbekistonda turar joy hududlari uchun shovqin me’yori kunduzi 45 dB, kechasi esa 35 dB — Sanepidqo‘mita

Sanepidqo‘m rahbari birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov turar joy hududlari uchun shovqin me’yori kunduzi 45 dB, kechasi esa 35 dB ekanini aytdi. Senator Oral Ataniyazova shovqinning zararli ta’siri qanday aniqlanishi va oddiy odam uni qanday o‘lchashi haqida so‘radi. U qonundagi kamchiliklarga ham to‘xtaldi. gazeta.uz »

2026-6-14 06:01

O‘zbekistonda ayrim narkojinoyatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilandi

O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq ayrim jinoyatlar uchun alohida javobgarliklar belgilandi. Xususan, narkolaboratoriya tashkil etish 5 yildan 10 yilgacha, ularning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2026-6-12 12:51

O‘zbekistonda noqonuniy qurilish uchun jarimalarni kuchaytirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy va ruxsatsiz qurilishlar uchun moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish taklif qilindi. 2025-yilda 1952 ta noqonuniy qurilish aniqlangan. Prezidentga bosh rejalar bilan ishlashning yangi tizimi, shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha takliflar ham taqdim etildi. gazeta.uz »

2026-6-11 09:49

O‘zbekistondagi foydalanuvchilar AliExpress’da buyurtmalar uchun to‘lov qilishdagi muammolardan shikoyat etmoqda

Tarmoqlarda O‘zbekistondan turib AliExpress marketpleysida xaridlar uchun to‘lov qilib bo‘lmayotganiga oid shikoyatlar tarqaldi. ILMAning Gazeta`ga ma’lum qilishicha, soliq organlari bilan birga platformaning qonunchilik talablariga rioya etishi o‘rganilmoqda. “To‘lovlarni cheklash agentlik vakolatida emas”. gazeta.uz »

2026-6-10 23:54