Ðåçóëüòàòîâ: 51

Qo‘riqlash departamenti xodimlariga jamoat joyida tamaki chekkanlarni jarimaga tortish huquqi berilmoqda

Senatorlar Qo‘riqlash departamenti xodimlariga ayrim huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolatini berish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Xususan, endi departament xodimlari jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilgan, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlarni jarimaga tortishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-7 14:46

O‘zbekistonlik model libosida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi

“Yer go‘zali - 2025” tanlovida O‘zbekiston bayrog‘i va gerbi tasvirlangan libosda qatnashgan 21 yoshli model Shahrizoda Madaminovaga chora ko‘rildi. U davlat ramzlaridan ilhomlanib tiktirgan libosida yarim oy va 12 yulduz yo‘qligini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Sud uni 824 ming so‘m miqdorda jarimaga tortdi. gazeta.uz »

2026-1-21 08:22

Nazorat qiluvchi xodimlarga avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarni jarimaga tortish huquqi berildi

Transport vazirligi monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilganini ma’lum qildi. Toshkent shahrida 11 oy davomida 19,5 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi. gazeta.uz »

2025-12-3 09:22

“Yanvarda bu amaliyotni qo‘llamaymiz”. Transport boshqarmasi — chiptasiz yo‘lovchilarni jarimaga tortish haqida

Rasmiylar Toshkentdagi jamoat avtobuslarida chiptasiz yurganlarni jarimaga tortish amaliyoti yo‘lovchilarga sharoit yaratmaguncha qo‘llanmasligini ma’lum qildi. Avtobus chiptachilari esa tizimdagi boshqa ishlarga taklif qilinmoqda, talabga mos kelmaganlarga kompensatsiya to‘lanib, ish o‘rni qisqartirilmoqda. gazeta.uz »

2025-1-16 16:16