Ðåçóëüòàòîâ: 17

MB bankomatlardan naqd pul yechishdagi muammolar uchun banklarni jarimaga tortishni boshlaydi

MB endilikda bankomatlar orqali naqd pul yechish bilan bog‘liq muammolarni iste’molchilar huquqlarining ehtimoliy buzilishi sifatida ham ko‘rib chiqmoqda. Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, regulyator avgust oyi boshidan bunday muammolarning ayrim holatlari uchun banklarni jarimaga tortishni rejalashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-15 14:12

MB banklarni mijozlarni bankomatlardagi muammolar bilan “yolg‘iz qoldirmaslikka” chaqirdi

Markaziy bank to‘lov tashkilotlari va banklarga bankomatlar bo‘yicha murojaatlar bilan ishlashni yaxshilashni tavsiya qildi. Pul yechib, naqd berilmasligi, karta qolib ketishi yoki muvaffaqiyatsiz amaliyot uchun komissiya undirilishi iste’molchining mulkiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi, deya bayonot berdi regulyator. gazeta.uz »

2026-5-17 14:24

O‘zbekiston va Qozog‘iston ekologik muammolar ustida birgalikda ishlashga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Buxorodagi uchrashuvda chegaraoldi hududlarida “Toza havo” loyihasini birgalikda ilgari surish va suvdan oqilona foydalanish ustida ishlashga kelishib oldi. Mamlakatlar tashqi bozorlarga samarali chiqish uchun chegara infratuzilmasini birgalikda modernizatsiya qilish niyatida. gazeta.uz »

2026-4-12 14:36

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida nimalar ro‘y bermoqda? Muammolar, kutilmalar va istiqbollar

Poytaxtda uy-joy narxlari o‘sishi nimani anglatishi, ijara stavkalari bilan bog‘liq vaziyat, eskrou-hisobvaraqlar joriy etilishining bozorga ta’siri - ko‘chmas mulk sohasi eksperti Denis Sokolov Toshkentdagi sammitda ma’ruzasini aynan shu masalalarga bag‘ishladi. Gazeta uning asosiy tezislarini taqdim etadi. gazeta.uz »

2026-2-20 14:22

“Yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar emas, inson hayoti bilan bog‘liq”. “Yuksalish” yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rgandi

Minglab yo‘l belgilari va yuzlab svetoforlar o‘rnatilgani haqida hisobotlar berilmoqda, ammo bu yo‘llarni xavfsizroq qilmayapti. “Yuksalish” harakati infratuzilmaga oid qator qoidabuzarliklar: yo‘l va trotuarlarning yomon holati, bitmagan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik kabilarni aniqladi. gazeta.uz »

2025-6-25 14:02

“Akademik intizom va ta’lim sifatidagi muammolar”. Sirtqi ta’lim tugatilganiga izoh berildi

2025/2026 o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilmoqda. Oliy ta’lim vazirligiga ko‘ra, bunga ta’lim olishning samaradorligi, akademik intizom kabi muammolar sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, sirtqiga qabul to‘liq tugatilishi barcha yo‘nalishlar, jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqlidir. gazeta.uz »

2025-6-18 13:13

“Muammolar yechimi bo‘yicha kelishib oldik”: O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Pokiston bilan Transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha muammoli masalalarni ochiq muhokama qildi va ularni hal etish bo‘yicha kelishib oldi, dedi prezident. Mamlakatlar birgalikda Afg‘onistondagi infratuzilmani yaxshilaydi va Mozori Sharif - Xarlachi temiryo‘li TIAni ishlab chiqish uchun mablag‘ ajratadi. gazeta.uz »

2025-2-27 18:44