Ðåçóëüòàòîâ: 1085

“Hokim bo‘lsa, odamlar bilan ishlasa, vaziyatni tushunadi”. Chinoz hokimi “Sharmandali mahalla” plakati bo‘yicha izoh berdi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salihov “Uyatli xonadon” va “Sharmandali mahalla” yozuvli plakatlarni ilish topshirig‘i o‘zining tashabbusi bo‘lganini aytdi. Uning bildirishicha, buni noto‘g‘ri talqin qilayotganlar “hokim bo‘lib, xalq bilan ishlasa, vaziyatni tushunadi”. Hokim, agar aybi bo‘lsa, uzr so‘rashini qo‘shimcha qildi. gazeta.uz »

2026-8-13 09:49

“Urushdan ketish uchun granata bilan o‘zimni yaraladim”. Toshkent viloyatida Ukrainada jang qilgan fuqaroning ozodligi 4 yilga cheklandi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani sudi Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 38 yoshli erkakka hukm chiqardi. Sudlanuvchi aytishicha, qamoqxonada unga armiya bilan shartnoma imzolash taklif qilingan, keyin Ukrainada qochishga uringan va o‘zini granata bilan yaralagan. Unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2026-8-7 09:17

O‘zbekistonda Wildberries bilan ishlayotgan eksportchilar muammolari bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkaziladi

ARTATEX to‘qimachilik kompaniyasi eksport hajmi kamaygani haqida murojaat qilgach, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Wildberries rahbariyati bilan alohida yig‘ilish o‘tkazishni topshirdi. Tadbirkorning aytishicha, bunga asosiy sabab - Wildberries omborlarida deyarli har kuni yong‘in sodir bo‘layotganidir. gazeta.uz »

2026-8-6 22:51

“Aravacha bilan mashinalar orasida sayr qilib bo‘lmaydi”. Yunusobod aholisi ko‘p qavatli uylar hovlisida yangi mahalla binosi qurilishiga qarshi chiqmoqda

Yunusobod tumani aholisi bir yildan buyon hovlidagi avtoturargoh o‘rnida besh qavatli mahalla markazi qurilishiga qarshi kurashmoqda. Fuqarolar sudga murojaat qilgan, qurilish boshlanmasligi uchun esa mahalla aholisidan biri ekskavator oldiga chiqqan. Hozirgi vaziyat tafsilotlari haqida - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2026-8-4 20:47

“Urushda qulagan dronlarni yig‘ish bilan shug‘ullanganman”. Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan andijonlikka 2 yil axloq tuzatish ishlari tayinlandi

Rossiyaga ishlash uchun ketgan andijonlikning aytishicha, u bilmasdan Rossiya Qurolli kuchlari bilan harbiy xizmat shartnomasini imzolagan. Keyin Rossiya tomonida jang qilgan, dron hujumida yaralangan va O‘zbekistonga qaytgan. Sud unga 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-8-4 10:00

“Kecha suv sabab qo‘shnilar bilan urishardik, bugun birlashyapmiz”. Suv vaziri Shavkat Xamrayev bilan intervyu

Mustaqillikdan buyon O‘zbekistonning yillik suv iste’moli 21 foizga qisqargan. 2030-yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kubometrga yetishi mumkin. Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Gazeta`ga bergan intervyusida suv taqchilligiga qarshi qanday kurashilayotgani, suv diplomatiyasi va Orol haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-8-3 20:15

Shaharni zudlik bilan salqinlatish kerak bo‘lgan bir paytda, hovlilarni tushunarsiz qaysarlik bilan betonlashda davom etishmoqda

Dunyo megapolislari issiqdan himoyalanish va shaharlarni salqinlatish uchun shoshilinch rejalarni qabul qilmoqda. Toshkentda esa “Obod mahalla” dasturining muvaffaqiyatsiz misollari va prezident tanqidiga qaramay, hovlilar va bolalar maydonchalarini beton bilan qoplash davom etmoqda. Buni kim to‘xtatadi? gazeta.uz »

2026-8-3 10:07

XVJ: O‘zbekistondagi davlat korxonalarining yarmidan kami foyda bilan ishlagan

Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistondagi 2148 ta davlat korxonasining 982 tasi (46%) foyda bilan ishlagan. Elektr energiyasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohalari eng ko‘p yo‘qotishga uchragan, tog‘-kon sanoati esa budjet dividendlarining taxminan 80 foizini tashkil etgan. gazeta.uz »

2026-7-25 21:43

O‘zbekistonliklar uchun Belarusda oilasi bilan yashash va ishlashga vakansiyalar taklif etildi

Belarusning yirik korxona va tashkilotlari O‘zbekiston fuqarolari uchun yuzlab bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Nomzodlar oila a’zolari bilan Belarusda yashab, rasmiy ishlashi mumkin. Maosh 700 dollardan boshlanadi, aviachipta, turar joy va hujjatlar xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. gazeta.uz »

2026-7-24 09:37

“Taqiqlash bilan muammo hal bo‘lmaydi”. Nega odamlar “taqiqlangan” joylarda cho‘milaveradi?

Yoz jaziramasida xavfsiz va bepul cho‘milish maskanlari yo‘qligi aholi, jumladan, Toshkentda yashayotganlar uchun jiddiy muammoligacha qolyapti. Taqiqlarga qaramay, odamlar kanallarga yo‘l olmoqda. Gazeta vaziyatni o‘rganib, aholi, bolalar ombudsmani, shahar hokimi va FVB mas’ullarining munosabatini to‘pladi. gazeta.uz »

2026-7-19 12:39

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi yong‘in va toshqinlar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Xitoydagi suv toshqinlari va fabrikadagi kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. O‘z navbatida, suv ostida qolgan ko‘paytirish fermalaridan 900 dan ortiq ilon (ayrimlari zaharli) qochib ketgani xabar qilindi. gazeta.uz »

2026-7-10 14:10

Lukashenko O‘zbekiston fuqarolarini Belarusga ishlash uchun oilalari bilan birga kelishga taklif qildi

Aleksandr Lukashenko O‘zbekistondan mehnat migrantlarini oilalari bilan birga qabul qilishga tayyorligini bildirdi. U mamlakatga ishchi kuchi zarurligi, keluvchilarga esa tibbiy yordam va ta’lim berilishi mumkinligini ta’kidladi: “Prezidentlarning xohish-irodasi bor, qo‘llab-quvvatlash bor, harakat qilish kerak”. gazeta.uz »

2026-7-10 09:53

O‘zbekistondagi OTMlarning professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi

Oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi. Davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-7-7 14:15

JCH-2026. Argentina Kabo Verdeni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi, Misr penaltilarda Avstraliyani yengdi (+video)

JCH 1/16 finalining so‘nggi kuni sensatsiya taqdim etishiga bir baxya qoldi. Argentina qo‘shimcha vaqtdagina Kabo Verdeni yenga oldi. Chorak final yo‘lida uch karra jahon chempionlariga penaltilar seriyasida Avstraliyadan aniqroq harakat qilgan Misr terma jamoasi hamrohlik qiladigan bo‘ldi. Dmitriy Povarov sharhi. gazeta.uz »

2026-7-4 09:15

“Bank sirini bekor qilmaydi”. Soliq qo‘mitasi — banklar bilan ma’lumot almashinuviga oid loyiha haqida

Soliq qo‘mitasi banklarning soliq organlariga ma’lumotlarni uzatish to‘g‘risidagi loyiha yangi vakolatlarni va fuqarolarning hisobvaraqlariga erkin kirish huquqini bermasligini ma’lum qildi. Hujjatda bir oyda BHMning 500 baravaridan yuqori bo‘lgan p2p tushumlari ma’lumotini avtomatik uzatish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-24 15:36