2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomi o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida - o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, obyekt pasporti, peshlavha va qurilish maydoni to‘siqlaridagi boshqa yozuvlar davlat tilida bo‘lishi, unga oid reklama va e’lonlarda o‘zbekchadan foydalanish majburiy bo‘ladi. gazeta.uz »













