Ðåçóëüòàòîâ: 177

Rimda Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi rossiyaliklarga viza sotishda ayblanib hibsga olindi

Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pergabriele Papadia de Bottini va uning yordamchisiga nisbatan noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish va korrupsiya bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Tergovga ko‘ra, ular Rossiya fuqarolariga 4 ming yevrodan 16 ming yevrogacha pul evaziga Shengen vizalarini rasmiylashtirgan. gazeta.uz »

2026-5-9 13:51

“O‘zbekistondagi xavflarga qiziqishimiz va „ishtahamiz“ ortdi” — OTB departamenti rahbari

Islohotlar va reyting agentliklari baholari yaxshilanishi fonida OTBning O‘zbekistondagi xavflarga nisbatan “ishtahasi” ortgani qayd etildi, dedi Izabel Chatterton. Shu bilan birga, u dengizga chiqish imkoni yo‘qligi logistik cheklovlar yaratishini tan oldi, biroq bu endi jiddiy to‘siq emasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-4 14:47

“Biz uchun O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalish xususiy sektorni rivojlantirishdir” — OTB rahbari

O‘zbekiston OTBning mintaqa mamlakatlari o‘rtasida energetika va raqamli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarida muhim o‘rin tutadi, deb bayonot berdi OTB prezidenti Masato Kanda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank ko‘magi, shuningdek, xususiy sektor, ijtimoiy himoya va inson kapitaliga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-5-4 21:27

O‘zbekistondagi kichik AES loyihasi Rossiya uchun 24,7 mlrd dollargacha buyurtma olib keladi — “Rosatom”

O‘zbekistonda AES qurilishi Rossiya sanoatiga 2 trln rublgacha (24,7 mlrd dollar) buyurtmalar olib keladi va 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratadi, dedi “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov. Loyiha direksiyasi avvalroq ikkita reaktorli kichik stansiya qiymati 1 mlrd dollardan oshmasligini ta’kidlagan edi. gazeta.uz »

2026-3-26 13:03

O‘zbekistondagi yangi quriladigan uylarda suv hisoblagichlarni o‘rnatish 2027-yildan majburiy bo‘ladi

2027-yildan O‘zbekistondagi yangi ko‘p kvartirali uylarni qurish loyihalarida “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish majburiy etib belgilanishi rejalashtirilmoqda. Xonadonlarga kiradigan suv ta’minoti tarmoqlarida bittadan ortiq bo‘lmagan hisoblagich o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. gazeta.uz »

2026-3-5 19:20

O‘zbekistondagi tog‘ tizmalari, tog‘ va cho‘qqilar nomlari davlat tili qoidalariga muvofiqlashtiriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab 121 ta cho‘qqi, tog‘ va tog‘ tizmalari nomlari davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladi. Xususan, Qoraqalpog‘istondagi Karatau tog‘i Qoratov, Andijondagi Chilustun tog‘ tizmasi Qirqustun, Toshkent viloyatidagi Pingvin cho‘qqisi esa Temirtosh deb o‘zgartirilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-14 16:06

JB O‘zbekistondagi 16 ta tuman va shaharda hayot sifatini yaxshilashga $250 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonning 16 ta tuman va shahrida hayot sifatini yaxshilashga $250 mln dollar ajratdi. Munitsipal infratuzilma: yo‘llar, suv ta’minoti va kanalizatsiya, jamoat transporti, maktablar, poliklinikalar va bog‘larni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Kutilayotgan qamrov - salkam 1 mln kishi. gazeta.uz »

2025-12-15 15:23

O‘zbekistondagi ayrim chiqindi poligonlarini yashil hududga aylantirish rejalashtirilmoqda

Chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar hozirda taxminan 40% qurib bitkazilgan. Ularni 2026-yil oxirigacha oltita hududda yakunlash rejalashtirilgan. Bu zavodlarning ishga tushirilishi poligonlar sonini qisqartirib, ularni ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-12-4 22:29

Sovetobod, Leninsk, Stalino. O‘zbekistondagi shahar va tumanlarning sovet davridagi nomlarini bilasizmi?

Sovet mafkurasi matbuotu qizil shiorlar bilan kifoyalanmagan. Mafkura joy nomlarini, hatto shahar va tuman nomlarini ham egallagandi. Gazeta’ning shu mavzudagi testini yechib ko‘ring - Mustaqillik davrida nomi o‘zgargan bu joylar ro‘yxatida, balki, siz tug‘ilgan yoki yashaydigan shahar va tumanlar ham bordir. gazeta.uz »

2025-11-1 07:06

BAA kompaniyasi O‘zbekistondagi “Yashil Energiya”ning 51 foiz ulushini sotib oldi

BAAning GSU kompaniyasi quyosh panellarini o‘rnatish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi “Yashil Energiya” kompaniyasining 51 foiz ulushini sotib oldi. Kompaniya kichik quyosh energetikasi, mini GESlar va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirishga 27 mln dollar sarmoya kiritadi. gazeta.uz »

2025-9-26 15:28

Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatiga shaxsan o‘zim kafil bo‘laman — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvda ularga mamlakat salohiyati haqida ma’lumot berdi. Prezident Investitsiya vazirligida AQSh bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlanganini aytdi. “Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lishiga shaxsan o‘zim kafil bo‘laman”, - dedi Mirziyoyev. gazeta.uz »

2025-9-23 13:10