Ðåçóëüòàòîâ: 140

O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga yollashda soliqlar 1 foizgacha kamaytiriladi

OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga to‘lanadigan daromad va ijtimoiy soliqlar stavkasi bir yil muddatga 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi hamda “Kafolatlangan birinchi qadam” to‘plamini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-6-30 14:58

“Ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas”. Prezident — JCHda ishtirok etgan terma jamoa haqida

Prezident terma jamoaning JCHdagi ishtirokidan keyin ularni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilar muhim tajriba orttirdi, aybdorlarni qidirish va ortiqcha his-tuyg‘ular bilan e’tiroz bildirish esa “xalqimizga xos ish emas”. Davlat rahbari katta g‘alabalar hali oldinda ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-6-30 12:15

Yangi Komplayens nazorat xizmati sud xodimlarining ish va ishdan tashqari vaqtda odob-ahloqini nazorat qiladi

Oliy sud Komplayens nazorat xizmati korrupsiya xavf-xatarlarini baholashdan tashqari, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘ladi. Tuzilma sud xodimlarining ish va ishdan tashqarida odob-ahloqqa rioya etishini nazorat qiladi. Sudyalar daromadlari va mol-mulki deklaratsiyalanadi. gazeta.uz »

2026-6-9 12:47

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi

Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash hamraislari - O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ishtirok etdi. gazeta.uz »

2026-4-7 07:41

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini xorijda, jumladan, AQShda ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Shvetsiya, Daniya va Norvegiya kabi Yevropa mamlakatlaridagi yuqori maoshli ishlarga faolroq yuborishni rejalashtirmoqda. Prezident elchixonaga muzokaralarni jonlantirish va AQShdagi o‘zbekistonliklar uchun ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishni buyurdi. gazeta.uz »

2026-1-16 03:58

Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi

Mo‘ynoqdagi Orol dengizining qurigan tubida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi. Unda olim va mutaxassislar sho‘rlangan tuproq unumdorligini tiklash, chidamli o‘simliklar o‘sishini kuzatish, qum ko‘chishi va changlanishni tahlil qilish kabilarni amalga oshiradi. gazeta.uz »

2025-12-1 09:46

O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar kamida 2028-yilgacha inflyatsiyadan tezroq o‘sadi

Kamida 2028-yilgacha O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlari yillik inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi. Shu bilan birga, keyingi uch yilda Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar qisqartirilishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-11-26 10:52

Homiladorlik va mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini endi ish beruvchi emas, davlat to‘laydi

2026-yildan boshlab homiladorlik va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini ish beruvchilar emas, Ijtimoiy himoya jamg‘armasi to‘laydi. Prezidentga taqdimotda aytilishicha, hozirgi tizim xususiy sektor uchun jozibador emas, “ortiqcha yuklama” - mahsulot tannarxi oshib, raqobatbardoshlikka ta’sir ko‘rsatmoqda. gazeta.uz »

2025-10-29 17:45