Ðåçóëüòàòîâ: 14

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida yangi transport yo‘lagi yaratiladi, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi

Pokiston - Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston transport yo‘lagi yaratilib, Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini boshlash va yangi yo‘nalishda pilot tashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-5 10:42

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

O‘zbekistonda haligacha favqulodda vaziyatlar muhofazasi bo‘yicha kompleks dastur yo‘q, shu sababli ularni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Prezidentga taqdimotda shu haqda so‘z bordi: profilaktik ishlar mahallalarda bo‘ladi, sohada raqamli infratuzilma yaratiladi. gazeta.uz »

2025-10-8 20:40

Islom sivilizatsiyasi muzeyida salkam 52 metrli miniatyuralar panoramasi yaratiladi

Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” - 52 metrli miniatyura panoramasi yaratilmoqda. 50 rassom ishlayotgan loyiha Ikkinchi renessansga bag‘ishlangan. Ko‘rgazmada Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hayotidan turli epizodlar aks ettiriladi. gazeta.uz »

2025-7-19 18:09

Qashqadaryoda asosiy yo‘llar rekonstruksiyalanib, “yashil belbog‘” yaratiladi

Prezident Qashqadaryo yo‘l tarmog‘ini masshtabli rekonstruksiyalashni boshlashni buyurdi. “G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu” avtoyo‘lining 100 km, to‘rt tasmagacha kengaytirib “Qarshi - Shahrisabz - Kitob” trassasining 106 km lik qismini, “Toshkent - Termiz” yo‘lining bir qismini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-6-20 18:12