Ðåçóëüòàòîâ: 14

Apple, Google, Meta va boshqa xorijiy kompaniyalar 3 oyda O‘zbekistonda 65 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya 65,7 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p. Bir yil ichida elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 21 taga, xizmatlar hajmi qariyb 80 foizga oshgan. gazeta.uz »

2026-5-8 08:12

OCCRP: Xorijiy kompaniyalar tarmog‘i OKMKdan $200 mln lik tenderlarni qo‘lga kiritgan. Kombinat: “Qoidabuzarliklar bo‘lmagan”

Bir guruh kompaniyalar 2022-yildan buyon OKMKning 200 mln dollardan ortiq davlat shartnomalarini qo‘lga kiritgan. OCCRP va Finance Uncovered tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, g‘olib bo‘lgan britaniyalik firmalar rasman faoliyat yuritmagan. OKMK qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilmaganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-19 22:12

Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarning xorijiy kompaniyalar foydasiga amalga oshirilgan tranzaksiyalarini o‘rganmoqchi

O‘zbekiston banklaridan fuqarolarning so‘nggi uch yilda 83 ta xorijiy internet-kompaniyaga qilgan to‘lovlari haqida ma’lumot so‘raldi. Har bir operatsiya bo‘yicha sana va summa ko‘rsatiladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar QQS to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish uchun egasiz shaklda yig‘ilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 13:30

O‘zbekistonda Meta, Apple, Google va boshqa kompaniyalar 9 oyda qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning 9 oyida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44 foizga ko‘p. Soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-29 07:51

Meta, Apple, OpenAI va boshqa xorijiy kompaniyalar 6 oyda O‘zbekistonda 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ko‘p. Soliqlarning 94 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-8-4 13:56