Ðåçóëüòàòîâ: 45

Xomanaiy o‘ldirilganidan so‘ng Putinning maxsus kuzatuv tizimlari vaqtincha o‘chirilgan — FT

Eronda Xomanaiy o‘ldirilganidan so‘ng Rossiya Putin va uning mulozimlari xavfsizligini himoyalovchi maxsus kuzatuv tizimini vaqtincha o‘chirgan, deydi FT. Matnli so‘rovlar orqali odamlar xatti-harakatlarini soniyasigacha topuvchi ushbu SI texnologiyalar milliardlab dollarli kuzatuv tarmoqlarini zaif qilib qo‘ygan. gazeta.uz »

2026-6-8 16:37

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YI elchisi bilan Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev YIning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat hamda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-3-10 17:18

Putin Mirziyoyevga AQSh prezidentining maxsus vakili bilan muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan muzokaralar yakunlari haqida ma’lumot berdi. Avvalroq ushbu muzokaralarda Rossiya va AQSh “yaqin kunlarda” Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgani xabar qilingandi. gazeta.uz »

2025-8-8 12:42

5-iyunda Toshkentda Eko Ritm festivali bo‘ladi. Kirish — “maxsus” chiptalar bilan

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” bog‘ida Eko Ritm festivali bo‘lib o‘tadi. Dastur ekofaollik, ekobrend yarmarkasi, “Krûlya Origami” guruhi va DJ Josef Tumari konsertini o‘z ichiga oladi. Bo‘sh plastik idishlar, batareyalar, makulatura, yaxshi holatdagi kiyim-kechak va o‘yinchoqlar kirish chiptalari sifatida qo‘llanadi. gazeta.uz »

2025-6-3 19:22

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga nisbatan tergov bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishini ma’qulladi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan. gazeta.uz »

2024-12-10 13:53

Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda

Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda gazeta.uz »

2024-10-23 10:17

Prezident Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan maxsus xizmatlar hamkorligi masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi. Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik va boshqa xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2024-10-17 17:32

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni muhokama qildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashni muhokama qildi. Shuningdek, qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiyalash jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2024-5-7 11:26

Tanzila Narbayeva boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi

Senat raisi boshchiligidagi maxsus komissiya xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yil davomida “favqulodda holat” rejimida ishlaydi. SSP, Biznesni rivojlantirish banki va Mikrokreditbankda raisning ayollar tadbirkorligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ish boshlaydi. gazeta.uz »

2024-3-8 23:37