Ðåçóëüòàòîâ: 110

Termizdagi logistik hab: Yevropagacha borayotgan afg‘on qozoni, afg‘onistonliklarga to‘la shifoxona — pasport va mahramsiz kirib bo‘lmas Ayritomdan reportaj

Ayritom erkin savdo zonasiga shu kungacha 1,5 milliondan ziyod kishi bordi. Afg‘on tovarlari O‘zbekiston orqali Germaniyagacha bormoqda. Afg‘onistonlik va o‘zbekistonliklar u yerda nimalar sotyaptiyu nimalar xarid qilmoqda? Ayritomda qanaqa cheklovlar bor? Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-5-17 14:53

“Afg‘oniston-Pokiston orasidagi nizo MOning janubiy chegaralarida doimiy beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin” — ekspert

Pokistonning fevral oxirida Afg‘onistonga qarshi e’lon qilgan “ochiq urushi” Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarida keskinlikni kuchaytirmoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid mavjud bo‘lmasa-da, nizo mintaqa uchun jiddiy xavflarni yuzaga keltiryapti. Gazeta ekspert bilan ehtimoliy oqibatlar haqida gaplashdi. gazeta.uz »

2026-3-30 15:21

“Maqsadimiz — faqatgina haqli bo‘lgan ulushimizni olish”: Afg‘onistonning transchegaraviy suvlar bo‘yicha pozitsiyasi

Kobul umumiy suv resurslarini adolatli taqsimlashga chaqirdi va qo‘shni davlatlarning qonuniy huquqlariga rioya qilish niyatida ekanini bildirdi. Afg‘onistonning konstruktiv hamkorlikka tayyorligi bo‘yicha mamlakat suv resurslari va energetika vaziri o‘rinbosari Tashkent Water Week forumida bayonot berdi. gazeta.uz »

2026-3-30 15:02

Afg‘oniston Pokiston aviazarbalari ortidan yuzlab odam halok bo‘lganini bildirdi. Islomobod hujumga aloqadorligini rad etmoqda

Afg‘oniston Pokistonni Kobuldagi giyohvandlikka chalinganlar reabilitatsiya markaziga aviazarba berganlikda aybladi. Hukumatga ko‘ra, kamida 400 kishi halok bo‘lgan, yana 250 kishi jarohat olgan. Pokiston esa kasalxonaga hujum qilinganini rad etib, nishonlar harbiy obyektlar va infratuzilma bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-3-18 15:24

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YI elchisi bilan Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev YIning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat hamda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-3-10 17:18

O‘zbekiston 2026-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishda davom etadi. Tegishli shartnoma Energetika vazirligi va DABS kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari qurilishini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-11-18 08:37

O‘zbekiston va Afg‘oniston logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi

O‘zbekistonning Sogdiana Trans va Afg‘onistonning Khan Daqiq Trading kompaniyalari Kobulda logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi. Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Boltikbo‘yiga yuk yetkazib berish hamda Yevropa, MDH, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-26 10:48

O‘zbekiston kompaniyasi Afg‘onistondagi gaz konini o‘zlashtirishni boshladi. Bu haqda nimalar ma’lum?

O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari Tuti-Maydon gaz konini o‘zlashtirish ishlarini boshladi. Marosimda “O‘zbekneftgaz” rahbari va energetika vazirining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha 25 yil muddatli shartnoma O‘zbekistonning Eriell KAM kompaniyasi tomonidan imzolangan. gazeta.uz »

2025-9-16 22:17