O‘zbekiston Afg‘onistonga 200 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston Qurbon hayiti munosabati bilan va sel-suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Afg‘onistonga 200 tonnaga yaqin insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibidan un, guruch, shakar, makaron, qandolat mahsulotlari, o‘simlik moyi, tez tayyorlanadigan taomlar o‘rin olgan. gazeta.uz »
