Ðåçóëüòàòîâ: 103

“Bu hamma narsaga ta’sir qiladi”. Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida O‘zbekiston qaysi transport yo‘laklaridan foydalanmoqda?

Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston uchun yuk tashish narxiga ta’sir qilmoqda, dedi investitsiya vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shoxrux Gulamov. Uning aytishicha, hukumat yuklarni muqobil yo‘nalishlar, jumladan, Markaziy koridor va Xitoy portlari orqali qayta yo‘naltirish ustida ishlamoqda. gazeta.uz »

2026-5-5 11:33

Buxoro yangi aeroporti loyihasiga 50 ga yaqin kompaniya qiziqish bildirdi — Transport vazirligi

Buxoro yangi xalqaro aeroportini qurish va boshqarish loyihasi bo‘yicha tenderning birinchi bosqichini 11-mayda yakunlash reja qilingan, deya xabar berdi transport vaziri o‘rinbosari. Uning aytishicha, loyihaga 50 ga yaqin kompaniya qiziqish bildirgan va ishtirokchilar saralab olingach, jarayon ikkinchi bosqichga o‘tadi. gazeta.uz »

2026-5-5 09:44

Toshkentda 300 ga yaqin fuqaroga uy va’da qilgan Glamour Gold qurilish kompaniyasi ishi sudga oshirildi

Glamour Gold kompaniyasi mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Ular Eco Dream turar joy majmuasi uchun 300 ga yaqin fuqaro to‘lagan pulni talon-toroj qilgan. Zararni qoplashda ayblanuvchilarning 65 mlrd so‘mlik mulki xatlandi. Boshqa jabrlanganlar bo‘lsa, murojaat qilish so‘ralmoqda. gazeta.uz »

2026-4-30 15:32

Yaqin Sharqdagi urush so‘nggi 4 yildagi energoresurslar narxining eng keskin o‘sishiga sabab bo‘ladi — JB

2026-yilda Yaqin Sharqdagi urush tufayli kutilayotgan global narxlarning sakrashi - energiya resurslari +24%, o‘g‘itlar +31% - oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Jahon banki bahosiga ko‘ra, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyani 5,1% gacha tezlashtiradi. gazeta.uz »

2026-4-30 00:00

Prezident Yaqin Sharqdagi inqiroz sababli fuqarolarni evakuatsiya qilish va logistikani qayta ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi

O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni qaytarish uchun aviareyslarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, hukumat janubiy yo‘nalishdagi xavflarni inobatga olgan holda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda. gazeta.uz »

2026-3-2 12:28

O‘zbekiston bosh vaziri Yaqin Sharqdagi inqiroz sabab fuqarolarni evakuatsiya qilish va logistikani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zbekiston bosh vaziri Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni olib kelish uchun aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, rasmiylar janubiy yo‘nalishdagi xatarlarni hisobga olgan holda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda. gazeta.uz »

2026-3-2 12:28

“Xavfsizlik va Yaqin Sharqdagi manfaatlar”. Abdulaziz Kamilov — O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilgani haqida

Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, bu, avvalo, xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan harakat. Shuningdek, Kamilov buni O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi manfaati va kengash maqsadlari O‘zbekiston tashqi siyosatiga mos ekani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-1-23 08:27

“Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxsning O‘zbekistonga kirishini taqiqlash kerak” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklar ro‘yxatini tuzib, buni TIV bilan muhokama qilmoqchi. Alisher Qodirov o‘zida Rossiyada shovinistik siyosatni yuritayotgan o‘nga yaqin shaxs ro‘yxati borligini qayd etarkan, ularga taqiq qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. gazeta.uz »

2026-1-19 14:41

Shveysariyadagi kurortda portlash va yong‘in tufayli 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston hamdardlik bildirdi

Shveysariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi barda portlash va yong‘in ro‘y berdi. Oqibatda 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, kamida 115 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston TIV hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi va vafot etgan hamda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-2 23:25

Toshkentda KHAYning 19 km qismi modernizatsiya qilinadi, 300 ga yaqin chorrahada svetoforlar yangilanadi

Toshkent shahrida KHAYning Ziyolilar ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 19 kilometrli qismini 150 mlrd so‘mga modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning 264 ta chorrahasida yagona boshqaruv tizimiga ega yangi svetoforlar, foto va video qayd etish vositalari paydo bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-10 10:30

O‘zbekistonda 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uylarning seysmik chidamliligi tekshirildi — yuzlab qoidabuzarliklar aniqlandi

O‘zbekistonda 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uyning seysmik chidamliligi tekshirildi: 87 foizi me’yorlarga mos keladi, 1200 dan ortiq obyekt qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. 396 ta bino materiallari organlarga yuborildi, noqonuniylarini buzish bo‘yicha 200 ta da’vo kiritildi, 100 dan ortig‘i allaqachon buzildi. gazeta.uz »

2025-9-9 20:52

Yaqin oylarda O‘zbekiston prezidentining Bryusselga tashrifi kutilmoqda — YI elchisi

Bryussel yaqin oylar ichida Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutmoqda, dedi Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaar Toshkent investitsiya forumida. “Bu sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash va munosabatlarimiz chuqurlashib borayotganini namoyish etish uchun tarixiy imkoniyat bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:00