Ðåçóëüòàòîâ: 27

“Bu hamma narsaga ta’sir qiladi”. Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida O‘zbekiston qaysi transport yo‘laklaridan foydalanmoqda?

Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston uchun yuk tashish narxiga ta’sir qilmoqda, dedi investitsiya vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shoxrux Gulamov. Uning aytishicha, hukumat yuklarni muqobil yo‘nalishlar, jumladan, Markaziy koridor va Xitoy portlari orqali qayta yo‘naltirish ustida ishlamoqda. gazeta.uz »

2026-5-5 11:33

Inflyatsion xatarlar fonida Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi va buni bazaviy inflyatsiyaning tezlashayotgani hamda ichki talabning barqarorligi bilan izohladi. Geosiyosiy keskinlikning kuchayishi import narxlari orqali inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim yaratmoqda. So‘m kursiga jiddiy bosim kuzatilmayapti. gazeta.uz »

2026-3-18 10:20

Yevropa davlatlari Trampning tahdidlari fonida Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yubormoqda

Germaniya, Shvetsiya, Fransiya va Norvegiya Trampning orolni bosib olish bilan tahdidlari fonida Daniya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘z harbiylarini Grenlandiyaga yubormoqda. AQSh prezidenti esa ularga Grenlandiya “milliy xavfsizlik” uchun kerakligini ta’kidlashda davom etmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 19:29

“Lukoyl” AQSh sanksiyalari fonida xalqaro aktivlarini sotishini e’lon qildi

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan so‘ng o‘zining xalqaro aktivlarini sotmoqchi. Cheklovlarga 50 foizdan ortiq ulushi bo‘lgan shu’ba kompaniyalar ham tushgan. Sanksiyalar O‘zbekistondagi loyihalarga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq kompaniya va Energetika vazirligi hozircha vaziyatga izoh bermadi. gazeta.uz »

2025-10-28 12:46

Uzum Rossiya marketpleysi qiziqishi fonida UzPost rivojlanishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi

UzPost xususiylashtirilishi ehtimoliga oid xabarlar fonida Uzum kompaniya rivojlanishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xattoki pochta xizmatlari qisman xususiylashtirilgan mamlakatlarda ham ularni nazorat qilish milliy xavfsizlik va suverenitet masalasi sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-10-14 18:50

Uzum Rossiya marketlpeysi qiziqishi fonida UzPost rivojlanishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi

UzPost xususiylashtirilishi ehtimoliga oid xabarlar fonida Uzum kompaniya rivojlanishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xattoki pochta xizmatlari qisman xususiylashtirilgan mamlakatlarda ham ularni nazorat qilish milliy xavfsizlik va suverenitet masalasi sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-10-13 18:50

O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya energoresurslar narxi oshishi fonida 1,5 foizgacha tezlashdi

May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi, bu o‘tgan yil maydan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Narxlarning yillik o‘sishi 8,7 foizgacha sekinlashdi. Gaz (+39,2%), elektr (+18,8), suyultirilgan gaz (+25) tariflari oshishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Go‘sht, yog‘ va shakar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi. gazeta.uz »

2025-6-2 13:47

Inflyatsiya fonida rivojlangan mamlakatlar aholisining hukumatga ishonchi yo‘qolishda davom etmoqda — FT

Inflyatsiyaning o‘sishi rivojlangan mamlakatlar aholisining noroziligini keltirib chiqarib, hukumatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Saylovchilarning iqtisodiy vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lishi Trampning AQShdagi g‘alabasi hamda Britaniya va Yaponiya hukmron partiyalarining mag‘lubiyatiga olib keldi, deb yozadi FT. gazeta.uz »

2024-11-13 19:53

Tartibsizlik va tirbandliklar fonida Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi. gazeta.uz »

2024-6-1 13:20

Kommunal xizmatlari narxlari ko‘tarilishi fonida o‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmasi keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining yillik inflyatsion kutilmasi kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan so‘ng keskin oshdi, deyiladi Markaziy bankning martda o‘tkazgan so‘rovi natijasida. Korxonalar ham bu omilni qayd etgan, ammo ular valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siridan ko‘proq tashvishlanmoqda. gazeta.uz »

2024-5-15 13:37